Alkarov Elyor Maxmudovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pedagog kadrlar uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1369.
Ilmiy rahbar: Baxramov Anvar Axrarovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti,  DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01. 
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori; Maxmudov Abduxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimida axborot-monitoring xizmatini takomillash-tirish orqali pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish mexanizmi kasbiy rivojlanishga doir individual malaka oshirish dasturini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish sharoitida ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari tumanlardagi fan metodistlarining lavozim majburiyatlariga o‘qituvchilarning malaka oshirish traektoriyalarini korreksiyalash va nazorat qilish funksiyalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari pedagoglarining kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlashning har bir pedagogning individual rivojlanishining dinamik holatini aniqlovchi tashxislash, xronologik taqqoslash va prognoz qilish funksiyalaridan iborat samarali modeli ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablari pedagoglarining “muqobil malaka oshirish” va “individual malaka oshirish traektoriyalari bo‘yicha ta’lim” shaklida uzluksiz kasbiy rivojlanishi natijalarini kreditlarda ifodalashga asoslangan baholash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pedagog kadrlar uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tadqiqot natijalari asosida:
xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi jarayonlari monitoringini amalga oshirishning mazmun-mohiyatini aniqlashtirishga doir takliflardan 2021 yil 29 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21–son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 19 maydagi 02-02/3-1485-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish traektoriyasi asosida bilim va ko‘nikmalarini aniqlash vositalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi jarayonlari monitoringi mexanizmlari integrallashgan axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga doir takliflardan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari o‘quv jarayonini avtomatlashtirish” nomli loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 336–son hamda 2021 yil 30 martdagi 90–son buyruqlari, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 19 maydagi 02-02/3-1485-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining elektron portfoliosini shakllantirish, pedagog xodimning individual traektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash imkoniyati yaratilgan;
axborot monitoring xizmatining axborot berish, tashxislash, taqqoslash va prognoz qilish fuksiyalarini aniqlashtirish asosida pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi tizimi samaradorligini ta’minlashga doir takliflardan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi to‘g‘risidagi muvaqqat nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 30 martdagi 90–son buyrug‘i, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 19 maydagi 
02-02/3-1485-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi tizimi samaradorligini aniqlash va baholash bo‘yicha yakuniy attestatsiya jarayonlari takomillashtirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi ta’limi samaradorligini ta’minlovchi dasturiy tizim va algoritmlardan malaka oshirish jarayonlarida ta’lim sifatini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 336-son buyrug‘i, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 19 maydagi 02-02/3-1485-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari o‘quv-metodik axborotlarini tizimlashtirishga xizmat qiluvchi, o‘quv va boshqaruv jarayonida axborot monitoring xizmatini ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi elektron tizim ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish