Temerbekova Barnoxon Maratovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Informatsion-boshqaruv tizimlaridagi o‘lchash axborotlarini ishonchlilashtirish», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T10.

Ilmiy rahbar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Muxammedxanov Ulugbek Turgudovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: “Ximavtomatika” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: informatsion-boshqaruv tizimlari ierarxiyasining turli sathlarida aylanib yuruvchi birlamchi o‘lchash va ikkilamchi ishlab chiqarish texnologik axborotlari ishonchliligini ta’minlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

informatsion-boshqaruv tizimiga axborotlarni kiritish bosqichida o‘lchash axborotlarining talab etilgan ishonchliligini va yaxlitligini ta’minlash usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan;

o‘lchash kanallarining xatoliklari parametrlari orqali o‘lchash qurilmalar xatoliklarini aniqlash uslubiyatini biriktiruvchi ko‘p kanalli analitik asbob xatoliklar usuli ishlab chiqilgan;

axborotlar ishonchliligini nazorat qilishning informatsion-boshqaruv tizimida ma’lumotlarning ortiqchaligiga asoslangan va dastlabki nazorat, aloqalar sathida o‘zgartirish va nazorat qilinadigan ma’lumotlarning to‘g‘rilangan qiymatlarini hisoblash kabi dasturiy bloklardan tashkil topgan algoritm ishlab chiqilgan;

tezkor boshqarish va taqvimli rejalashtirishning talab etilgan vaqti oralig‘ida kutilayotgan quvvatni aniqlash uchun ishlab chiqarishning joriy quvvatlarini hisoblash va qurilmalarning ishlashini hisobga olish ishonchliligini ta’minlash, ishlab chiqarish hududining texnologik qismidagi jarayonlar turg‘unligini hisoblashning o‘lchash natijalarini birlamchi qayta ishlash dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Informatsion-boshqaruv tizimlarida ishonchlilikni ta’minlashning ishlab chiqilgan usul va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

birlamchi o‘lchash axborotlarni qayta ishlashda informatsion-boshqarish tizimlaridagi asosiy parametrlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash usullari, sanoatning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash algoritmlari «Angren IES» AJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekenergo» DAKning 2016 yil 2 avgustdagi DI-01-21/2755-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari texnologik jarayondagi asosiy parametrlarning o‘lchov natijalarini ishonchliligini ta’minlashda qo‘llanildi. Ishlab chiqilgan algoritm va usullar  texnologik o‘lchov parametrlarini yuqoriroq aniqlikda o‘lchash imkonini bergan;

texnologik jarayonning asosiy o‘lchash parametrlarini ishonchlilikka baholash va ularning haqiqiy qiymatlarini hisoblash algoritmlari, sanoatning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash algoritmlari «Yangi-AngrenIES» AJ korxonalarida texnik-iqtisodiy ko‘rsatkich parametrlarini to‘g‘riligini hisoblashga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekenergo» DAK ning 2016 yil 2 avgustdagi DI-01-21/2755-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi o‘lchash axborotidagi xatoliklarni bartaraf etish hisobiga moddiy xarajatlar sarfini kamaytirish imkonini bergan;

informatsion-boshqaruv tizimida o‘lchash axborotini ishonchliligini  ta’minlash usul va algoritmlarini ishlab chiqish masalalari F-4-56– «Noaniq-to‘plamli tasavvurlar asosida murakkab texnologik ob’ektlarni boshqarishning intellektual tizimlarini strukturaviy-parametrik sintezlashning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqish» grant sohasida (2012–2016 yy) murakkab kimyo-texnologik komplekslarning imitatsion modellarini, strukturalarini ishlab chiqishda va ob’ekt boshqaruv holatlarini aniqlashda qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi axborot-boshqaruv tizim o‘lchash parametrlari va ularning o‘zgaruvchilarining ishonchliligini baholash, shuningdek bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini tizimning alohida elementlari va ularning ishlash algoritmlarini takomillashtirish hisobiga monand tavsiflab, ta’minlashga bo‘lgan xarajatlarning cheklangan sharoitida to‘g‘rilik sathini eng yuqori sathgacha etkazish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish