Maxmudova Nilufarxon Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida gradatsiyaning kognitiv va pragmatik jihatlarining qiyosiy tahlili», 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil1157.
Ilmiy rahbar: Shaxabiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoiljon qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida gradatsiya hodisasining kognitiv, semantik va pragmatik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida statik bir bosqichli gradatsiya va dinamik ko‘p bosqichli gradatsiya ko‘rsatkichlarni belgilash orqali gradatsiya hodisasining dunyoni tushunib etishdagi kognitiv va dunyoni tilda aks ettirishdagi funksional-pragmatik xususiyatlari ochib berilgan;
gradatsiyaning olamning lisoniy manzarasidagi konseptual mavqei va uning boshqa konseptual sohalar bilan o‘zaro aloqasi, mustaqil kategoriya hosil qilishi germenevtik yondashuvning “konseptuallashtirish” va “kategoriyalashtirish” tamoyillarining uzviy bog‘liqligi asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarining "daraja" umumiy semantik belgisiga ega bo‘lgan fonetik, morfologik, so‘z yasash, leksik, frazeologik va grammatik qatlamlari va matnlarida namoyon bo‘luvchi darajaviylik – graduallik funksional-semantik maydoni shakllantirilgan;
qiyoslanayotgan tillarda gradatsiyaning kommunikativ va pragmatik funksiyalarining real dunyoga doir semantik va diskursiv kabi o‘xshash va tasavvur, baho, milliy-madaniy tavsiflash kabi areal dunyoga oid farqli jihatlari antropotsentrik yondashuv asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillariga gradatsiyaning lingvopragmatik xususiyatlarini chog‘ishtirma tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dunyo tillarida gradatsiyani ifodalovchi vositalar orqali gap psixolingvistik tusining o‘zgarishidagi o‘ziga xosliklarni qiyoslab aniqlashda, tilning turli sathlariga mansub gradatsiyalovchi vositalarning o‘ziga xos jihatlarining nutqni yaratish va qabul qilishga ta’sirini baholashga oid ilmiy natijalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “A-1-39 O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 89-03-4172-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot turli lingvomadaniyat vakillarining kommunikativ kompetensiyasini ta’minlovchi gradullik aspektini shakllantirishdagi unikal jihatlari borasidagi ilmiy-nazariy asoslar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida gradatsiya hodisasini ifodalovchi konseptual sohalarni aniqlash va ularning kognitiv tizimini tadqiq etish va ikki hil madaniyatda sotsiolingvistik kompetensiyani to‘g‘ri shakllantirishga oid, xususan tarjima jarayonida real va areal dunyoni aks ettiruvchi konseptual sohalarning gradatsiya aspektida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2012-2013 yillarda bajarilgan YoA 1-06 raqamli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” nomli amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 89-03-4172-son ma’lumotnomasi). Natijada gradatsiyaning o‘ziga xos bo‘lgan adekvat tarjimani ta’minlashdagi imkoniyati asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida gradatsiyaning kognitiv va pragmatik jihatlari qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan Andijon viloyat teleradiokompaniyasining Andijon axboroti «News» informatsion dasturi hamda «Onlayn dars» ko‘rsatuvlari ssenariysida foydalanilgan (Andijon viloyati teleradio¬kompaniyasining 2020 yil 18 maydagi 20-24/277-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan.