Berdiev Jamshid Panjievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekistonda shaharsozlik va urbanizatsiya tarixi (XVIII-XX asr boshlari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.1.PhD/Tar416
Ilmiy rahbar: Eshov Boxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusobir Azzamovich, tarix fanlari doktori; Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII-XX asr boshlarida Janubiy O‘zbekiston shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, boshqaruv tizimi, qurilishi va me’morchiligi, aholi tarkibi va mashg‘ulotlari tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Buxoro amirligi davrida Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarining ma’muriy-tuzilish tizimi viloyatlar, bekliklar, hududlarda joylashgan katta-kichik shaharlar va yirik qishloqlarga bo‘linganligi, shaharlarning joylashuvida aholining zichlashuvi, ma’muriy-madaniy inshootlarning ortganligi, hunarmandchilik turlari yanada rivojlanganligi, aholining asosiy etnik tarkibini o‘zbek urug‘lari, tojiklar, arablar, turkmanlar tashkil qilganligi haqidagi ma’lumotlar manbalar va arxiv hujjatlariga asoslangan holda ochib berilgan;
XVIII–XX asr boshlarida Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari shaharlarining boshqaruvida hokim, bek, qozi, mirshab, rais, amlokdorlar asosiy mahalliy boshqaruvni olib borganliklari, mahalliy boshqaruv vakillar tomonidan soliqlar Qarshi, G‘uzor va Sherobod bekliklarida to‘planib, amirlik xazinasiga jo‘natilganligi, iqtisodiy va harbiy majburiyatlarni bajarilishi mahalliy boshqaruv vakillari tomonidan nazorat qilinganligi aniqlangan;
Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi shaharlarining Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotidagi hamda xalqaro iqtisodiy (savdo-sotiq) va madaniy aloqalaridagi, xususan, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmand-chilik mahsulotlarini etkazib berishdagi yetakchilik roli aniqlangan;
davlatchilik rivojida aholi sonining ortib borishi bilan hunarmandchilik sohalari, madaniy hayot va savdo-sotiqning rivojlanib borganligi, markaziy va mahalliy hokimiyatning iqtisodni rivojlantirishda, iqtisodiy va madaniy munosabatlarini rejalashtirish hamda boshqarishda ishlab chiqarishning turli sohalariga temir yo‘l, paxtani qayta ishlash korxonalarining, evropa me’morchiligining kirib kelishi natijasida shaharlarga innovatsion yangiliklarning kirib borganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy O‘zbekistondagi shaharsozlik va urbanizatsiya tarixi (XVIII – XX asr boshlari) bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
XVIII–XX asr boshlarida janubiy O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari, aholining joylashuvi, mashg‘ulotlari, etnik tarkibi shaharlarning siyosiy-iqtisodiy markazlar sifatidagi o‘rniga oid ma’lumotlar asosida tayyorlangan ma’lumotlar Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining «XVIII – XX asr boshlarida janubiy O‘zbekiston» nomli ekspozisiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 01-12-10-3807-son ma’lumotnomasi). Natijada shaharlarning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
Rossiya imperiyasi ma’muriyatining amirlikka tazyiqi davridagi shaharlarning boshqaruvi va tuzilishi, soliqlar va majburiyatlar, «yangi shahar»larning paydo bo‘lishi, Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi shaharlarining Buxoro amirligi hayotida hamda xalqaro iqtisodiy (savdo-sotiq) va madaniy aloqalaridagi o‘rni haqidagi ma’lumotlardan “O`zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Buyuk ipak yo‘lida” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 02-40-953-son ma’lumotnomasi).  Natijada janubiy viloyatlardagi urbanizatsiya jarayonlari va shaharsozlik tarixi haqidagi yangi ilmiy-nazariy fikr-xulosalar berish imkoniyati oshirilgan;
davlatchilik rivojida shaharlarning roli, markaziy va mahalliy hokimiyatning iqtisodning turli sohalarini rivojlantirishda, iqtisodiy va madaniy munosabatlarini rejalashtirish hamda boshqarishda ishlab chiqarishning turli sohalariga innovatsion yangiliklarni joriy etilishi haqidagi ilmiy xulosalaridan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 7 apreldagi 02-40-520-son ma’lumotnomasi). Natijada janubiy viloyatlardagi urbanizatsiya jarayonlari va shaharsozlik tarixi haqidagi ilmiy-nazariy fikr-xulosalari yoritish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish