Isabaev Maxsad Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ss141.
Ilmiy rahbar: Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Alisher Gapparovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi majburiyatlarini bajarmagan, o‘z saylovchilarining ishonchini oqlay olmagan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi deputatini shu siyosiy partiya tashabbusi bilan chaqirib olish tartibi ilmiy asoslangan;  
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi deputatlarining saylovchilar bilan hududiy muammolarning echimida tashabbuskorlik, ishonchni oqlash, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan muloqot maydonini shakllantirishda “partiya+saylovchi+deputat” mexanizmini qo‘llash asoslangan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi ijrosini ta’minlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashining ommaviy axborot vositalari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini nazorat-tahlil (so‘rov, eshituv, muhokama), targ‘ibot (ochiq muloqot, binar suhbat), hamkorlik (bipartizm, tripartizm, plyuralpartizm) shakllari takomillashtirilgan;
xalq deputatlari mahalliy Kengash vakolatlariga “Kengash so‘rovi”ni yuborish huquqi alohida yangi norma sifatida qonunchilikka kiritish asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlariga doir  olingan ilmiy natijalar asosida:
deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi majburiyatlarini bajarmagan, o‘z saylovchilarining ishonchini oqlay olmagan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi deputatini shu siyosiy partiya tashabbusi bilan chaqirib olish tartibiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-563-son “Saylov to‘g‘risidagi qonun  hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 17-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 16 iyundagi 05/1-02-121a-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy kengash deputatlarining o‘z siyosiy partiyasi oldidagi mas’uliyatining oshishi, majburiyatlarini bajarishi, uning siyosiy partiya bilan mahalliy kengash o‘rtasidagi bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tashiga xizmat qilgan;
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi deputatlarining saylovchilar bilan hududiy muammolarning echimida tashabbuskorlik, ishonchni oqlash, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan muloqot maydonini shakllantirishda “partiya+saylovchi+deputat” mexanizmini qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi parlamenti quyi palatasi va mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi Saylovoldi dasturining “Davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiya” ustuvor yo‘nalishi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2019 yil 13 sentyabrdagi 1-756-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya bilan deputatning hamkorlik faoliyatini samarali tashkil etish, saylovchi orqali ular o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, qo‘llab-quvvatlashga erishish va mahalliy kengashdagi partiya guruhlari tomonidan nazorat-tahlil hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning boshqa shakllaridan unumli foydalanishga xizmat qilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi ijrosini ta’minlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashining ommaviy axborot vositalari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini nazorat-tahlil (so‘rov, eshituv, muhokama), targ‘ibot (ochiq muloqot, binar suhbat), hamkorlik (bipartizm, tripartizm, plyuralpartizm) shakllariga doir takliflardan “Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”, hududiy investisiya va mahalliylashtirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar keng jamoatchilik e’tibori uchun internet matbuot nashrida e’lon qilish hamda “Fuqarolarning deputatlarga murojaatlarini qabul qilish” ruknini tashkil etishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2021 yil 18 iyundagi 02/10-8503-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi faoliyati shaffofligini ta’minlash va qarorlar ijrosini ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirish bilan haqiqiy xalq vakillari institutiga aylanishiga xizmat qilgan; 
xalq deputatlari mahalliy Kengash vakolatlari tarkibiga “Kengash so‘rovi”ni yuborish huquqini kiritishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 8 avgustdagi O‘RQ-512-sonli “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi (“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24–25-moddalari)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 7 noyabrdagi 05/01-995-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vakolatlarining ajratilishi orqali mahalliy Kengashlarning nazorat shakli – deputatlik eshituvining kengayishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish