Zoirova Malohat Nuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamoatchilik nazoratida ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish mexanizmlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos90.
Ilmiy maslahatchi: Utamuradov Akbar, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Nishonova Ozoda Djaloliddinovna, falsafa fanlari doktori, professor; Saidov Sanjar Shavkatovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish mexanizmlariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OAVning jamoatchilik nazorati vositasida davlat hokimiyati organlarining qonunlar, qoidalar, kodlar orqali tartibga solish faoliyati va jamoatchilik bilan muloqotdagi o‘zaro kommunikativ almashinuv, ijtimoiy konsensus, tashkiliy-maqsadli shaffoflikni oshirishi ochib berilgan;
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining mustaqilligini to‘la kafolatlash, nazorat ob’ektiga bo‘lgan ta’sir mexanizmlarini soddalashtirish, aholining islohotlarga bo‘lgan manfaatli, ijtimoiy sheriklik asosidagi ishtiroki davlat organlari faoliyatining qonuniyligini oshirishi asoslab berilgan;
davlat hokimiyati demokratligini ko‘rsatadigan tushuntirish berish, hisobdorlik, ochiqlik tamoyillari jamoatchilik nazoratini xalq hokimiyatining muhim instrumentiga aylanib borishi ochib berilgan;
jamoatchilik nazorati ko‘rsatkichlari milliy tizimini joriy etishda OAVning birlashgan institusional, ma’lumotlarga interaktiv tarzda kirish imkoniyatini beradigan elektron jamoatchilik nazoratini qo‘llashga doir (“Elektron jamoatchilik nazoratini tashkil qilish” qoidasini joriy etish, avtomatlashtirilgan axborot tizimida “Jamoatchilik nazorati elektron resurs markazi”ni yaratish) tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamoatchilik nazoratida ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish mexanizmlari bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
OAVning jamoatchilik nazorati vositasida davlat hokimiyati organlarining qonunlar, qoidalar, kodlar orqali tartibga solish faoliyati va jamoatchilik bilan muloqotdagi o‘zaro kommunikativ almashinuv, ijtimoiy konsensus, tashkiliy-maqsadli shaffoflikni oshirishiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 5 fevraldagi 03/227–son ma’lumotnomasi). Natijada Agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazining davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligi holati va darajasini tahlil qilish, milliy axborot makonini monitoring qilish borasidagi chora-tadbirlar rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining mustaqilligini to‘la kafolatlash, nazorat ob’ektiga bo‘lgan ta’sir mexanizmlarini soddalashtirish, aholining islohotlarga bo‘lgan manfaatli, ijtimoiy sheriklik asosidagi ishtiroki davlat organlari faoliyatining qonuniyligini oshirishi borasidagi nazariy xulosalari, amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 27 dekabrdagi 01/811–son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zEOAVMAning mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy elektron ommaviy axborot vositalari rolini kengaytirish, OAVning zamonaviy bozorini yaratish, Teleradiouzatuvchilar Xartiyasi belgilab qo‘yilgan tomoshabinlar va tinglovchilar bilan ochiq muhosabaga ko‘maklashish, jamoatchilikning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustida samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlashda OAV faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, boshqaruv organlari va xalq o‘rtasida bevosita aloqani amalga oshirgan holda, hukumat tuzilmalariga ularning vazifalari bajarilishini axborot ko‘magi bilan ta’minlash kabi vazifalarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
davlat hokimiyati demokratligini ko‘rsatadigan tushuntirish berish, hisobdorlik, ochiqlik tamoyillari jamoatchilik nazoratini xalq hokimiyatining muhim instrumentiga aylanib borishiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy axborot agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy axborot agentligining 2020 yil 10 yanvardagi 01-23/68–son ma’lumotnomasi). Natijada Agentlik tomonidan axborot to‘plash va ularni ommaviy axborot vositalariga, davlat organlariga, muassasalarga, korxonalarga va tashkilotlarga, jamoat birlashmalariga, fuqarolarga etkazib berish, davlat manfaatlarini nazarda tutib hamda voqealarni xolis va har tomonlama yoritish prinsiplariga, turmushni butun choralar bilan demokratiyalash va odamiy munosabatlarni insonparvarlashtirish negizida jamiyatni jipslashtirish vazifalari, davlat hokimiyati oliy organlari faoliyati, ularning ichki va tashqi siyosati masalalariga doir haqqoniy va aniq axborot olish borasidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik nazorati ko‘rsatkichlari milliy tizimini joriy etishda OAVning birlashgan institusional, ma’lumotlarga interaktiv tarzda kirish imkoniyatini beradigan elektron jamoatchilik nazoratini qo‘llashga doir (“Elektron jamoatchilik nazoratini tashkil qilish” qoidalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan axborot tizimida “Jamoatchilik nazorati elektron resurs markazi”ni yaratish) xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilayotgan PZ-2017093070 - sonli “O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning bugungi kun talablariga mos keladigan modellarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy grant dasturi va “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”, “Fuqarolik jamiyati” va “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 89-03-2235–son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy grant doirasida amalga oshirilgan ilmiy ishlanmalar va o‘quv qo‘llanmalarning ilmiy mazmunini oshirishga xizmat qilgan.