Mirzoev Javohir Baxodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemorragik insul`tda ikkilamchi ishemiya: sabablari, diagnostik metodlarining o‘ziga xosligi va farmakokorreksiya», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib647.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gemorragik insul`tning o‘tkir davrida yuzaga keladigan ikkilamchi ishemiyaning diagnostika va davo choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemorragik insul`tning o‘tkir davrida yuzaga keladigan ikkilamchi ishemiya va serebral vazospazm orasida uzviy bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor insul`t-gematoma atrofida va undan uzoqda yuzaga keladigan patologik gipodens sohalarning ahamiyatli differensirlangan tafovuti aniqlangan; 
gemorragik insul`tda yuzaga kelgan ikkilamchi ishemiyani monitoring qilishning morfofunksional ko‘rsatqichlar asosida klinik-prognostik afzalligi aniqlangan;
ilk bor klinik shkalalarga asoslangan holda ikkilamchi ishemiya bilan asoratlangan gemorragik insul`t farmakokorreksiyasi ishemiya og‘irlik darajasi asosida optimallashtirilgan;
ikkilamchi ishemiya bilan asoratlangan gemorragik insul`tda medikamentoz terapiya samaradorligini kompleks baholashning prognostik mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi ishemiya bilan asoratlangan gemorragik insul`tli bemorlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishemik shikastlanish bilan asoratlangan miya ichi qon quyilishlarida diagnostika va davolash samaradorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Ikkilamchi ishemiya bilan asoratlangan miya ichi qon quyilishida optimallashgan dignostika va davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 iyundagi 8n-d/165-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ikkilamchi ishemiya bilan asoratlangan gemorragik insul`tni erta tashxislash, davolash samaradorligini yaxshilash imkonini bergan; 
ikkilamchi ishemiya bilan asoratlangan miya ichi qon quyilishida bemorlarni erta tashxislashni optimallashtirish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Navoiy filiallarida amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 8n-z/164-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bemorlar uchun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash, miya ichi qon quyilishi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish