Raximov Ergashali Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning gelioenergetik resurslarini baholash uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish va verifikatsiyalash”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/T924.
Ilmiy rahbar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti va Quyosh energiyasi xalqaro instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: professor, Urishev Boborahim texnika fanlari doktori; Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yassi gelioenergetik qurilmalar resurs ko‘rsatkichlarini baholash va ilmiy bashorat qilish uchun qisqa vaqt qadami bilan olingan sun’iy yo‘ldosh va er usti kuzatuvlariga asoslangan uzoq muddatli aktinometrik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va verifikatsiyalash hamda ularni vizuallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududidagi yassi gelioenergetik qurilmalar (fotoelektrik panel va yassi quyoshiy suv isitgich kollektori)ning resurs ko‘rsatkichlarini ilk bor yuqori aniqlikda, qisqa vaqt qadami bilan baholash uslubi taklif qilingan; 
NASA POWER ma’lumotlar bazasidagi O‘zbekiston hududi uchun mavjud aktinometrik ma’lumotlar er usti aktinometrik stansiyalari kuzatuvlari ma’lumotlari bilan ilk bor verifikatsiyalangan holda ularning nisbiy xatoligi 3-8% ni tashkil etishi isbotlangan;
gorizontal sirtga tushayotgan umumiy quyosh nurlanishining sutkalik yig‘indi miqdori hamda atrof-muhitning maksimal va minimal harorati ko‘rsatkichlari bo‘yicha er usti kuzatuvlari va NASA POWER ma’lumotlar bazasidan olingan qiymatlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik ifodalari ilk bor taklif qilingan;
respublika hududida o‘rtacha soatlik, kunlik aktinometrik hamda iqlimiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘p yillik sun’iy yo‘ldosh (NASA POWER, ERA5 va SARAH-E) va er usti kuzatuvlaridan olingan ma’lumotlar orasidagi o‘rtacha nisbiy xatolik 10%ni tashkil etishi ilk bor aniqlangan; 
O‘zbekiston hududi uchun yassi gelioenergetik qurilmalarning bashoratlangan resurs ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha verifikatsiyalangan aktinometrik hamda iqlimiy ma’lumotlarni inobatga olgan holda matematik model taklif etilgan va unga asosan respublika gelioenergetik resurslarining raqamli xaritalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning gelioenergetik resurslarini o‘rganish va er usti kuzatuvlarining aktinometrik ma’lumotlarini verifikatsiyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
qisqa vaqt qadami bilan olib borilgan er usti kuzatuvlariga asosan, O‘zbekistonning quyosh energiyasi salohiyati hamda quyosh fotoelektrik stansiyalarining resurs ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va baholangan. Natijada, olingan baholash uslubiyati va ko‘rsatkichlari xorijiy tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan (xalqaro jurnallarda havolalar: Journal of Cleaner Production, Volume 223, 801-814, (2019), IF: 7.246; Sustainability, 11(10), 2988, (2019), IF: 2.576; Innovative Energy & Research, 8:1, (2019), IF: 1.36; Book: Sustainable Food Drying Techniques in Developing Countries: Prospects and Challenges (2020) va boshqalar) va o‘z navbatida O‘zbekistonning quyosh energiyasi salohiyati haqidagi yangilangan, yuqori aniqlikdagi va ishonchli ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan;
«O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari uchun sun’iy yo‘ldosh va er usti kuzatuvlaridan olingan uzoq muddatli kuzatishlarga asoslangan aktinometrik ma’lumotlarni aniqlash dasturi» (№ DGU 05676, 10.09.2018) dasturiy mahsuloti Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi tomonidan moliyalashtirilgan №18-51-41005 «Kremniy va boshqa turdagi geterostrukturali fotoelektrik va foto-issiqlik quyosh energiyasi o‘zgartirgichlari va energiya qurilmalarining samaradorligini iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hisobiy-nazariy va tajribaviy o‘rganish» fundamental loyihasini (2017-2020) bajarishga joriy etilgan (Rossiya fanlar akademiyasining Yuqori haroratlar qo‘shma instituti tomonidan 02.11.2020 yilda berilgan №11402-11-93-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, so‘nggi 12 yil davomida O‘zbekiston hududi uchun qisqa vaqt qadami bilan olingan er usti kuzatuvlar aktinometrik ma’lumotlarini to‘plash va ularni xalqaro ma’lumotlar bazalari va modellari bilan verifikatsiyalash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish