Hamdamov Muzaffar Muxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reaksiyaga kirishuvchi gazlar turbulent struyali oqimlarining sonli algoritmlari», 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM356.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlarning: Fatxulloev Alisher Mirzotillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayziev Rabbim Aliqulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gazlarning turbulent struyali oqimlari masalalarini hal qilish uchun sonli usullar ishlab chiqish va ularni kimyoviy o‘zgarishlar sharoitida issiqlik va massa almashinishi jarayonlarini o‘rganishda qo‘llash.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:
Ikki xil tarkibli gazlarning alohida kiritilishi holida masalalarni echishda qo‘llanadigan Shvab-Zel`dovich funksiyasi usuli diffuzion yonish, komponentalar orasidagi kimyoviy muvozanat va kimyoviy reaksiyaning chekli tezligi modellari uchun umumlashtirildi;
ko‘p komponentali reaksiyaga kirishuvchi gazlar turbulent chegaraviy qatlamining chiziqli bo‘lmagan tenglamalari soni Shvab-Zel`dovich funksiyalari va Mizes o‘zgaruvchilari kiritish orqali kamaytirildi; 
ko‘p komponentali gazlarning o‘qqa nisbatan simmetrik chegaraviy turbulent qatlami tenglamalarini chekli va cheksiz tezliklarda diffuzion yonish masalalarini echish uchun sonli usullar ishlab chiqildi;
oqim funksiyasi maydonida olingan natijalarni silindrik koordinatalarda o‘zgarmas qadam bilan ifodalash usuli ishlab chiqildi;
sonli tajriba yo‘li bilan yoqilg‘i soplosining radiusi va gaz-havo aralashmasidagi yoqilg‘i konsentratsiyasining kamayishi, shuningdek cheksiz yo‘ldosh havo oqimi haroratining oshishi alanga maksimal haroratining kamayishiga va tashlandiq gaz tarkibidagi yonmay qolgan yoqilg‘i hajmi oshishiga olib kelishi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot jarayonida reaksiyaga kirishuvchi gazlarning turbulent struyali oqimlarini hisoblash uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar:
«YoFA-Ftex-2018-13» fundamental grantini bajarish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 12 apreldagi № 2/1255-1011-sonli ma’lumotnomasi). Mizes o‘zgaruvchilari va Shvab-Zel`dovich funksiyalarini qo‘llash natijasida echiladigan chiziqli bo‘lmagan differensial tenglamalar soni ikki martadan ortiqqa qisqartirildi va aerodinamikaning murakkab tenglamalari integro-differensial tenglamalarga olib kelindi. 
"Kogon isitgich moslamalar" xususiy korxonasida yoqilg‘ini tejovchi qurilmasi ishlab chiqishda qo‘llanilgan ("O‘zbekiston Milliy Elektr tarmoklari" AJning 2021-yil 28-apreldagi 01-04-28/1483-son ma’lumotnomasi). Metanga havo qo‘shish usulini qo‘llash natijasida yoqilg‘i gazning 2-5% tejalishiga va nazariy jihatdan aniqlangan soploning samarali radiusidan foydalanish natijasida 5% yoqilg‘i gaz tejalishiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish