Yormuxammedov Anvar Avazjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Traxeostomiyadan keyingi traxeyaning chandikli torayishini xirurgik profilaktikasi», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.1.PhD/Tib789.
Ilmiy raxbar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nigora Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: traxeostomiya usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashish va uni qo‘yish texnikasini takomillashtirish orqali traxeostoma orqali uzoq muddatli sun’iy o‘pka ventilyasiyasidagi bemorlarning davolash natijalarini traxeyaning chandiqli torayishi chastotasini kamaytirish shaklida yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashrixni amalga oshirishning texnik jihatlarini va bemorlarning umumiy holati og‘irligini hisobga olgan holda traxeostomiyaning turli usullaridan so‘nggi asoratlarning strukturasi va kelib chiqish xususiyatlariga aniqlik kiritilgan;
spesifik xavf omillar orasida asosiylari semizlik, qisqa bo‘yin, o‘pkani uzoq muddatli sun’iy ventilyasiyasi, traxeo-bronxo-pul`monal asoratlar va qalqonsimon bezda ilgari o‘tkazilgan amaliyot mavjudligi operatsiya turidan qat’iy nazar traxeostomik asoratlar rivojlanish chastotasini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan;
atipik anatomik belgilari bo‘lgan bemorlarda teri orqali dilatatsion traxeostomiyaning standart usuli qo‘llanilganda qisqich uchlari ochiq holda yo‘naltiruvchi simning barqaror fiksatsiyasi yo‘qligi hisobiga traxeya shilliq qavati va atrof to‘qimalarning travmatik shikastlanish xavfini oshirishi aniqlangan;
anatomik orientirlarni aniqlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar sharoitida atrof to‘qimalarning jarohati xavfini kamaytirish uchun yo‘naltiruvchi simning barqaror fiksatsiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan Xovard-Kelli qisqichini qo‘llash yordamida perkutan kengaytiriluvchi traxeostomiya amalga oshirish usuli taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Traxeostomiyani qo‘llash texnikasini takomillashtirish, davolash natijalarini yaxshilash va traxeyaning chandiqli torayishi chastotasini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Traxeostomiyadan keyin traxeyaning chandiqli torayishining xirurgik profilaktikasi" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-z/126-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar usul tanlashda differensial yondashuv tufayli va uni qo‘llashni taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali traxeostomiyaning o‘ziga xos va umumiy asoratlarini, xususan, traxeostomiyadan keyingi stenozlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan;
traxeyaning chandiqli torayishining profilaktik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filiali va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo‘limlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 08-09/6311-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar uzoq muddatli sun’iy o‘pka ventilyasiyasidagi bemorlar uchun maxsus yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish doirasini sezilarli darajada kengaytirgan, bu esa traxeya stenozi chastotasini 8,9% dan 1,3% gacha kamaytirishga imkon bergan.