Urazimbetova Aygul` Aralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirish metdikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1678.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatova Gulshan Amankulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tayanch kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro yaxlitlash, taksonomiya, intensivlik, assimiliatsiya, natijaviy elementlarini rivojlantirishga bog‘liq xususiyatlarini vaqtinchalik va fazoviy chegaralarini belgilash asosida aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativligi kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch bilimlarining me’yoriy, tizimli darajalarini blok modulli texnologiyalarning kognitiv va kompensator strategiyalarni innovatsion ta’lim muhitini modellashtirish asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi antropologik yondashuvni bosqichma-bosqich rivojlantirish jarayoni hamkorlik, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli pedagogik ta’sir vositalari tarkibini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
1-2-sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalari tarkibiy, mantiqiy va funksional bog‘liqlikning ijtimoiy-pedagogik individual ta’lim traektoriyasini tarmoqli ta’lim maydonini aniqlashtirish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
blok modulli texnologiyalar orqali rivojlantirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch bilimlarining me’yoriy, tizimli va kreativ darajalariga oid xulosa va takliflardan A-1-123 raqamli “O‘qituvchilar uchun mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3593-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tayanch kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi didaktik ta’minotining bosqichlarini takomillashtirish hisobiga samaradorlik ko‘rsatkichining oshishiga erishilgan;
sinergetik integratsiyalash orqali takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tayanch kompetensiyalarini shakllantirish didaktik ta’minotining tizimlashtirish, taksonomiya, intensivlik, assimiliatsiya, natijaviy bosqichlariga oid xulosa va takliflardan “Ona tili” fanidan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3593-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ modelini takomillashtirish hisobiga takomillashuviga xizmat qilgan;
innovatsion portfolio baholash texnologiyalarini semiotik funksiyalarga uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ modeliga oid xulosa va takliflardan A-1-123 raqamli “O‘qituvchilar uchun mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3593-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “Ona tili” darslarida o‘qitish samaradorligi, o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlari va o‘quv faolligining sifat darajalarini ta’minlash hisobiga oshishiga erishilgan;
o‘quv vaziyatlarining kognitiv va kompensator strategiyalarini fasilitatsiya qonunlarini modellashtirish orqali takomillashtirilgan kompetensiyalarini shakllantirish metodikasiga oid xulosa va takliflardan “Ona tili” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3593-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirish samaradaorligini oshirish hisobiga o‘quv vaziyatlar to‘plami ishlab chiqilgan.