Mamadjonova Moxfora Abdulxokimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bentonit gillari asosida olingan yangi faollantirilgan adsorbentlarning kolloid-kimyoviy xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K354.
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bentonit gillari asosida olingan yangi faollantirilgan adsorbentlarning kolloid kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyoviy tarkibi va strukturasini aniqlash asosida Askamar bentonitini o‘simlik moylarini oqlovchi adsorbent olishga xomashyo ekanligini nazariy va amaliy asoslangan;
suv bilan boyitish jarayonidan so‘ng, bentonit tarkibida montmorilonit miqdori deyarli 2 barabar, ya’ni 48,8% dan 79,5% ga ko‘payib, aksincha kvars miqdori 35,4 % dan 8,9% ga kamayishi aniqlangan;
boyitilgan Askamar bentonitini 15% li H2SO4 kislotasi yordamida 4 soat mobaynida faollashtirib olingan oqlovchi adsorbentning adsorbsion xususiyatlari 3 barobar oshishi aniqlangan;
tanlab olingan bentonit namunalarida benzol va uglerod (IV) oksid molekulalari adsorbsiyasining to‘liq termodinamik tavsiflari (∆N, ∆G va ∆S), izotermalari BET va Lengmyur tenglamalari yordamida sirt yuzalari aniqlangan;
Pokiston va Askamar bentoniti namunalarida benzol molekulalari adsorbsiyasi issiqligi to‘lqinsimon pog‘onali ko‘rinishda bo‘lishi aniqlangan;
sul`fat kislota bilan aktivlantirilgan Askamar bentoniti Pokiston bentonitiga nisbatan benzolni ko‘proq adsorbsiya qilishi isbotlangan;
gil minerallari ichki qavatidan bazal (tashqi) qavatga metall (Sa2+ va Na+) kationlarining ko‘chishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bentonit gillari asosida olingan yangi faollantirilgan adsorbentlarning kolloid kimyoviy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy Askamar bentonitlarini noorganik kislotalar yordamida faollashtirish asosida oqlovchi tuproq olish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 26 apreldagi KS/3-456-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi 2-3 barobar arzon, yuqorisorbsion maxalliy adsorbent olish imkonini bergan;
Askamar bentonitidan olingan adsorbent yordamida o‘simlik moylarini adsorbsion tozalash texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 26 apreldagi KS/3-456-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalangan o‘simlik moyini rangini 14,2 qizil birlikdan 7,2 qizil birlikkacha, ya’ni 2 barabar tushirish imkonini bergan.