Maksudova Hilola Ferdinantovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farmatsevtika yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped244.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Abdunazar Xatamnazarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi farmatsevtika yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor farmatsevtika yo‘nalishida kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini  to‘rt bosqichli tizimda umumkasbiy (EGPP), umumakadem (EGAP), maxsus kasbiy (ESPP), maxsus akadem (ESAP) yo‘nalishlarda o‘qitishda kompetensiyaviy va sohaviy yondashuv mezonlari asosida talabalarning o‘quv-kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan va  kredit-modul` ta’lim tizimi tamoyillari asosida farmatsevtika yo‘nalishida “Tibbiyotda xorijiy til” modulini  o‘qitishning muqobil usuli sifatida taklif etilgan;
bo‘lajak farmatsevtlarning kasbiy layoqat xususiyatlarini rivojlantiruvchi  amaliy (bilim, malaka, ko‘nikma), aksiologik (kasbga shaxsiy yo‘nalganlik), xissiy (o‘z-o‘zini boshqarish), autokompetensiya (texnologiyalardan foydalana olish), maxsus kompetensiya (kasbiy vazifalarni echa olish) komponentlari ularning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda birlamchi omil ekanligi farmatsevtlarning xorijiy tillarga tashqi va ichki ehtiyojlariga qaratilgan lingvodidaktik ta’minotini optimallashtirish orqali isbotlangan; 
farmatsevtika yo‘nalishida ingliz tilini farmatsiya va sanoat farmatsiyasi sohasiga oid “Dori turlari texnologiyasi”, “Lotin tili”, “Farmakognoziya” kasbiy fanlar bilan mazmuniy uzviylik asosida o‘qitish modeli talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasining assotsiativ anglash komponentini sohaviy yondashuvning erkin ekspozision usuliga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
farmatsevt-talabalarning kasbiy ehtiyojlari asosida ingliz tilida  dori annotatsiyalarini tuzish, reseptlar va yorliqlardagi ko‘rsatmalarni tarjima qilishga o‘qitishda resepientga pragmatik ta’sir o‘tkazishning samarali mexanizmi sifatida transliteratsiya usulining ustuvorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farmatsevtika yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy  tavsiyalar asosida:
ilk bor farmatsevtika yo‘nalishida kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini  to‘rt bosqichli tizimda umumkasbiy (EGPP), umumakadem (EGAP), maxsus kasbiy (ESPP), maxsus akadem (ESAP) yo‘nalishlarda o‘qitishda kompetensiyaviy va sohaviy yondashuv mezonlari asosida talabalarning o‘quv-kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti farmatsevtika yo‘nalishi talabalari uchun “English for pharmacists Module 1 Social and professional interaction” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-119-son guvohnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma farmatsevtika yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talabalarining ingliz tili mashg‘ulotlarida kasbiy kommunikativ layoqatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak farmatsevtlarning kasbiy layoqat xusussiyatlarini rivojlantiruvchi  amaliy (bilim, malaka, ko‘nikma), aksiologik (kasbga shaxsiy yo‘nalganlik), xissiy (o‘z-o‘zini boshqarish), autokompetensiya (texnologiyalardan foydalana olish), maxsus kompetensiya (kasbiy vazifalarni echa olish) komponentlari ularning xorijiy tillarda kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishga oid xulosalaridan Britaniya Kengashining “EnSPIRE-U” loyihasida nofilologik yo‘nalishlar uchun maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish “ESP Curriculum” namunaviy dasturini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-5139–son ma’lumotnomasi). Mazkur namunaviy dastur nofilologik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda amaliyotga joriy qilingan, natijada nofilologik OTMlarining ingliz tili fani bo‘yicha dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallari takomillashtirilgan va talabalarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
farmatsevtika yo‘nalishida ingliz tilini farmatsiya va sanoat farmatsiyasi sohasiga oid “Dori turlari texnologiyasi”, “Lotin tili”, “Farmakognoziya” kasbiy fanlar bilan mazmuniy uzviylik asosida o‘qitish modeli talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasining assotsiativ anglash komponentini sohaviy yondashuvning erkin ekspozision usuliga tatbiq etishga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari huzuridagi RIAIM va Britaniya Kengashi hamkorligidagi UzTESPING (Uzbekistan Teachers of ESP Integrated Networking Group) 10-11/39- raqamli nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘qitishni isloh etish loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-846–son ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning farmatsevtika yo‘nalishidagi OTMlarda ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha UzTESPING amaliy loyihasida ishlab chiqilgan “ESP discussion” mavzusidagi trening materiallari farmatsevtika yo‘nalishida ingliz tilini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitishga oid nazariy xulosalar bilan boyitilgan; 
farmatsevt-talabalarning kasbiy ehtiyojlari asosida ingliz tilida  dori annotatsiyalarini tuzish, reseptlar va yorliqlardagi ko‘rsatmalarni tarjima qilishga o‘qitishda resepientga pragmatik ta’sir o‘tkazishga oid ilmiy xulosalaridan farmatsevtika yo‘nalishi talabalari uchun “English for pharmacists Module 1 Social and professional interaction” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-119-son guvohnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma farmatsevtika yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talabalarining ingliz tilida farmatsevtik terminlarni qo‘llash, dori yo‘riqnomalar va reseptlarni tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish