Turginov Orzimat Turdimatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boysun botanik-geografik rayoni florasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B2.

Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika va zoologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika va zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.27.06.2017.V.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Nigmatullaev Alim Magmurovich, biologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Boysun botanik-geografik rayoni florasini to‘liq inventarizatsiya qilish, Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasining Janubi-g‘arbiy Hisor okrugidagi mustaqil rayon sifatidagi botanik-geografik chegaralarini belgilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Boysun botanik-geografik rayoniflorasida 89 oila, 524 turkumga mansub bo‘lgan 1564 turning konspekti tuzilgan va keng ko‘lamli tahlili amalga oshirilgan;

fan uchun yangi bo‘lgan 3 tur (Jurinea tschernevae Tojibaev & Turginov, Iris khassanovii Tojibaev & Turginov, Allium decoratum Turginov & Tojibaev) aniqlangan va tavsiflangan, ilk bor O‘zbekiston florasi uchun 16 tur, Hisor tizmasi florasi uchun 15 tur keltirilgan;

tadqiqot hududining botanik-geografik chegaralari aniqlangan;

Dionysia hissarica Lipsky,Allium majus Vved., Ferula tuberifera Korovin, Ungernia victoris Vved., Sternbergia fischeriana (Herb.) M. Roem., Dimorphosciadium gayoides (Regel & Schmalh.) Pimenov, Astragalus tupalangi Gontsch. kabi kamyob va endem turlarning yangi populyasiyalari aniqlangan;

ilk marotaba Boysun botanik-geografik rayoniflorasining zamonaviy holatini aks ettiruvchi ma’lumotlarning elektron bazasi yaratilgan va turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Boysun botanik-geografik rayoni florasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:

GAT xaritalari bilan mustahkamlangan ma’lumotlar elektron bazasi, floraning konspekti, dorivor va Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarning ro‘yxati Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2016 yil 25 martdagi 06/11-300-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega o‘simliklar tur tarkibini aniqlash, kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish, davlat kadastrini yuritish va muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish