Abdullaev Abdurasul Abdulpattaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri; (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi. “Bag‘rikenglik madaniyatining islom dinida namoyon bo‘lish xususiyatlari”,09.00.02 – “Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi” (Din falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal352
Ilmiy rahbar: O‘tamuradov Akbar O‘tamurodovich, falsafa fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi:O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxamedov Ne’matullo Asatullaevich, tarix fanlar doktori, dotsent
Yetakchitashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bag‘rikenglik madaniyatining islom dinida namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islom dinida muhim o‘ringa ega bo‘lgan moturidiya ta’limotidagi sof aqida (عقىدة) va kalom (كلام) asosida hozirgi kundagi yoshlarning dunyoqarashini shakllatirishda mo‘’tadillik, sabr-toqat, murosa tamoyillari milliy qadriyatlar va bag‘rikenglik bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
hanafiylik ta’limotining bosh g‘oyasi bo‘lmish “bag‘rikenglik” asosida Abu Hanifaning “al-Fiqhu-l-akbar”, Abu Hafs Nasafiyning “Aqoidu-n-Nasafiy”, Usmon O‘shiyning “Bad’u-l-amoliy” asarlari asl matnlarida kelgan ta’limotlarga suyangan holda diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligida hozirgi kunda globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan turli aqidaparast oqimlarning g‘oyalariga qarshi ma’naviy dastakni yaratish, turli mintaqalardan O‘zbekistonga internet orqali eksport qilinayotgan destruktiv oqim qarashlariga qarshi raddiya berish asoslangan;
O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlashda bag‘rikenglik g‘oyalariga tayangan islom dinining ma’rifiy (o‘zga din vakillar fikrini hurmat qilish, turli diniy qarashlarga nisbatan toqatli bo‘lish, ratsional hamda pragmatik tarzda harakat qilish, o‘ziga xos diniy pozisiyaga ega bo‘lish kabi) tamoyillarini fuqarolarning turli qatlamlari ongiga (اية)oyat, (خديث)hadis,(اجماء) ijmo’, (قياس)qiyos, (استحثان)istehson, (عرف)urf orqali singdirish, jamiyatni birlashtirishda naqshbandiya tariqatining “dil-ba yor-u dast ba-kor” aqidasidan unumli foydalanish samarali natijalar berishi asoslangan;
o‘zbek xalqining diniy bag‘rikenglikni yuksaltirish ana’nalari “milliy manfaatlar uyg‘unligi”, “muqobillik”, “tenglik”, “ijtimoiy adolat”, “milliy urf-odatlar” singari birlashtiruvchi, etaklovchi va uyushtiruvchi tamoyillari (اهل السنة والجماعة) “ahli sunna va-l-jamoa” aqidasi va moturidiylik ta’limoti asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bag‘rikenglik madaniyatining islom dinida namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
islom dinida muhim o‘ringa ega bo‘lgan moturidiya ta’limotidagi sof aqida (عقىدة) va kalom (كلام) asosida hozirgi kundagi yoshlarning dunyoqarashini shakllatirishda mo‘’tadillik, sabr-toqat, murosa tamoyillari milliy qadriyatlar va bag‘rikenglik bilan bog‘liqligi ochib berilganligiga oid yangiliklardan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi islom o‘rta maxsus bilim yurtlarida yosh avlodni tarbiyalashga oid «Islom huquqiga kirish» va «Qiroat va tajvid» o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 13 yanvardagi 94-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida, Qur’on karim suralari va hadislardagi bag‘rikenglik g‘oyalariga doir metodolik tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy metodologik asoslarini boyitishga, Qur’on karim suralari va hadislardagi bag‘rikenglik g‘oyalaridan juma ma’ruzalarida, o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalariga diniy bag‘rikenglikning insoniylikni saqlash omili ekanligini tushuntirishga va unga amal qilishga o‘rgatishga xizmat qilgan;
hanafiylik ta’limotining bosh g‘oyasi bo‘lmish “bag‘rikenglik” asosida Abu Hanifaning “al-Fiqhu-l-akbar”, Abu Hafs Nasafiyning “Aqoidu-n-Nasafiy”, Usmon O‘shiyning “Bad’u-l-amoliy” asarlari asl matnlarida kelgan ta’limotlarga suyangan holda diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligida hozirgi kunda globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan turli aqidaparast oqimlarning g‘oyalariga qarshi ma’naviy dastakni yaratish, turli mintaqalardan O‘zbekistonga internet orqali eksport qilinayotgan destruktiv oqim qarashlariga qarshi raddiya berishga oid yangiliklardan g‘arb va sharq olimlarining xalqaro hamkorligini takomillashtirishga yo‘nalgan ilmiy seminarlarni tashkil etish hamda «Qiroat va tajvid» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 12 yanvardagi 24/21-sonli ma’lumotnomasi). Natija, yoshlarda tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli g‘oyaviy mafkuraviy xurujlarga qarshi zamonaviy teologik yondashuvlarni shakllanishiga, olimlar hamjamiyatining muloqotida, diniy bag‘rikenglik g‘oyalaridan kasbiy faoliyatida foydalanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlashda bag‘rikenglik g‘oyalariga tayangan islom dinining ma’rifiy (o‘zga din vakillar fikrini hurmat qilish, turli diniy qarashlarga nisbatan toqatli bo‘lish, ratsional hamda pragmatik tarzda harakat qilish, o‘ziga xos diniy pozisiyaga ega bo‘lish kabi) tamoyillarini fuqarolarning turli qatlamlari ongiga (اية)oyat, (خديث)hadis,(اجماء) ijmo’, (قياس)qiyos, (استحثان)istehson, (عرف)urf orqali singdirish, jamiyatni birlashtirishda naqshbandiya tariqatining “dil-ba yor-u dast ba-kor” aqidasidan unumli foydalanish samarali natijalar berishiga oid yangiliklardan «AZON NEW MEDIA» MChJ tarkibidagi AzonTV–ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanalining turkum ko‘rsatuvlari «Kambag‘allikni yo‘qotish uchun islom qanday echim taklif qiladi?» va «Alohida mavzu» rukni ostida efirga uzatilgan «Musulmonlar – eng zamonaviy insonlar (bo‘lishi kerak)» mavzusidagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 3 iyuldagi 01/07/872-son ma’lumotnomasi). Natijada, AzonTV – ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanalida bir qator turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda hamda O‘zbekistonda shaxslar, dinlar va millatlararo bag‘rikenglik murosa madaniyatini shakllantirishning ilmiy jihatlarini asoslash va ulardan diplomatik aloqalarni o‘rnatishga xizmat qilgan;
o‘zbek xalqining diniy bag‘rikenglikni yuksaltirish ana’nalari “milliy manfaatlar uyg‘unligi”, “muqobillik”, “tenglik”, “ijtimoiy adolat”, “milliy urf-odat” singari birlashtiruvchi, etaklovchi va uyushtiruvchi tamoyillari (اهل السنة والجماعة) “ahli sunna va-l-jamoa” aqidasi va moturidiylik ta’limoti asosida ochib berilganligiga oid yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik omili mavzusidagi fundamental tadqiqot doirasida «Diniy bag‘rikenglik madaniyati», «O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari» kabi o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 9 noyabrdagi 6298-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning «jaholatga qarshi–ma’rifat» mavzusini tayyorlashga, islom dinining ma’rifiy g‘oyalarini aholi turli qatlamlari ongiga singdirishga xizmat qilgan.