Orifjonova Gulra’no Ravshan qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIX-XX asr boshlariga oid O‘zbekiston etnomadaniy merosini saqlash, tadqiq etish va namoyish etishning tarixiy-madaniy jihatlari», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar593. 
Ilmiy rahbar: Raximova Zuxra Ibragimovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020.Tar.120.01. 
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Qayumov Asror Raimovich, tarix fanlari nomzodi 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi XIX-XX asr boshlariga oid O‘zbekiston etnomadaniy merosini saqlash, tadqiq etish va namoyish qilishning tarixiy-madaniy jihatlari asosida Etnografiya muzeyi konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashagan aholi turmush tarzidagi o‘zgarishlar turarjoylar inter’eri (nikel` krovat, evropacha stil), uy-ro‘zg‘or buyumlari (Imperator va Xitoy chinnisi), ayollar va erkaklar kiyimlari (mursak, evropacha kostyum, frak, ko‘zoynak, do‘ppi, etik), kasb-hunar turlari (evropacha va chinovnik tipaji)da o‘z aksini topganligi tarixiy-etnografik adabiyotlar, arxiv va fond manbalari orqali aniqlangan;
O‘zbekistonga oid etnografik kolleksiyalar jahon muzeylariga 1865-1930 yillarda to‘planib, saralanib etib borganligi, 1930-1940 yillarda tasniflanganligi, 1950-1990 yillarda ko‘rgazma va ekspozisiyalarda namoyish etilganligi va 1991 yildan milliy muzeylar bilan hamkorlikning o‘rnatilganligi kabi tarixiy-tadrijiy bosqichlarda shakllanganligi aniqlangan;
O‘zbekiston muzeylari ekspozisiyalarida XIX asr oxiri – XX asr boshlari tarixi etnomadaniy hayotning davriy o‘zgarishlari aks ettirilmaganligi aniqlangan va shu asosda nomoddiy meros - fol`klor, urf-odat, an’ana va marosimlar namoyishiga ustivorlik bergan holda konseptual loyiha ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonga oid etnografik kolleksiyalar xorij muzeylari fondlariga maqsadli tashkil etilgan ekspedisiyalar, xorijlik ixlosmand kolleksionerlar hamda diplomatik munosabatlar natijasida etib borganligi, natijada noyob moddiy va nomoddiy meros namunalari Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi davlatlardagi tarix, etnografik, badiiy ixtisoslikdagi muzeylar qatorida shaxsiy kolleksiyalarni ham boyitishga xizmat qilganligi tarixiy materiallar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX-XX asr boshlariga oid O‘zbekiston etnomadaniy merosini saqlash, tadqiq etish va namoyish etish masalalarini o‘rganish asosida olingan quyidagi natijalar joriy etilgan: 
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi etnografiya fondi kolleksiyalarini ilmiy o‘rganish va muzey ekspozisiyasidagi etnografiya bo‘limlarini O‘zbekiston muzeylarida faoliyat olib borgan etnograf olimlarning ekspedisiyalari natijasida to‘plangan etnografik kolleksiyalar asosida xorijda tashkil etilgan muzeylar, ko‘rgazmalar, xorij etnogaflarining o‘zbek kashtasi, gilamlari, zargarlik namunalari va boshqa etnografik buyumlar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar asosida boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 3/1255-1976-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston muzeylaridagi etnografik kolleksiyalar asosida Etnografiya muzeyi konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashagan aholining turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy taraqqiyotiga oid etnografik kolleksiyalarni komplektlashtirishning ilmiy natijalaridan O‘zbekiston davlat san’at muzeyining amaliy san’at bo‘limida saqlanuvchi: libos, kashta, zargarlik, mis-kandakorlikka oid predmetlarining ilmiy pasporti, kartochkasi, topografik ro‘yxatini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Madaniyat vazirligining 2020 yil 23 yanvardagi 01-12-10-291-son dalolatnomasi). Natijada muzey fondidan o‘rin olgan, ilmiy jihatdan o‘rganilgan eksponatlar yordamida yangi mavzuli ko‘rgazma va ekspozisiyalar yaratishga erishilgan va muzey etnografiya fondi materiallarini tadqiq etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
jahondagi yirik muzeylarda O‘zbekistonga oid etnografik kolleksiyalarning tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» kanali orqali muzeylar fondlarida O‘zbekistonga oid saqlanuvchi materiallar haqidagi ko‘rsatuvlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 martdagi 02-40-484-son dalolatnomasi). O‘zbekiston muzeylarining kolleksiyalari asosidagi ma’lumotlar tomoshabinlarning muzeylar faoliyatiga doir dunyoqarashini boyitish va bu sohada kengroq tasavvurga ega bo‘lishiga yordam bergan;
O‘zbekiston etnografiyasining noyob fond zahiralarida saqlanuvchi kolleksiyalarning tasnifiga oid ma’lumotlardan 2018 yil nashrga tayyorlangan «San’at asarlarining fizik-kimyoviy ekspertizasi» o‘quv qo‘llanmasida zargarlik, mis buyumlar, gilam, mato, chinni va sopol namunalarini vizual ekspertizasiga oid mavzularni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2020 yil 10 iyun`dagi 01-17/186-583-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari muzey fond namunalariga tayangan holda mavzularni tayyorlash, ularni birlamchi manbalar asosida ilmiy xulosalarni kengaytirishda qo‘llanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish