Raupova Ra’no Soyibovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xoja Ismat Buxoriyning ijtimoiy falsafiy g‘oyalari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal73.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Soyimnazar Karimovich falsafa fanlari doktori, dotsent; Ro‘zmatova Gulnoz Miraxrarovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xoja Ismat Buxoriy ma’naviy merosini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Devoni Xoja Ismat” asaridagi inson, jamiyat va uni adolatli boshqarish, inson manfaatlarini ta’minlash xususidagi ijtimoiy qarashlarining xalq bilan muloqot, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish g‘oyalariga hamohangligi mantiqiy dalillar vositasida asoslangan; 
Xoja Ismat merosidagi olam, odam, borliq, haqiqat to‘g‘risidagi falsafiy g‘oyalarining tasavvufiy ta’limotlardagi laduniy ilm, tavhid, ruh, qalb, ma’rifat tushunchalari bilan o‘zaro aloqadorligi qiyosiy tahlil asosida  aniqlangan; 
Xoja Ismat Buxoriyning etuklik va donishmandlik, komil inson haqidagi qarashlarida buyuk shaxslarning “axloqiy ideal” ekanligi uning “Amir Temur” marsiyasi, “Mirzo Ulug‘bek” va “Muhammad Porso” qasidalari asosida ochib berilgan;
Xoja Ismat Buxoriyning komil inson konsepsiyasidagi ilm, amal, faol mehnat, qanoat, ma’rifatli bo‘lish haqidagi g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish tamoyillari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xoja Ismat Buxoriyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini tadqiq etish jarayonida:
“Devoni Xoja Ismat” asaridagi inson, jamiyat va uni adolatli boshqarish, inson manfaatlarini ta’minlash xususidagi ijtimoiy qarashlarining xalq bilan muloqot, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish g‘oyalariga hamohangligiga oid xulosalardan “Falsafa”, “Islom falsafasi”, “Naqshbandiya tariqati asoslari” va “Ijtimoiy hayot va din” fanlarining mazmunini takomillashtirish va Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Buxoro viloyat bo‘limining “Dunyo yoshlar nigohida” mavzuidagi amaliy loyixani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3121-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodiy va kasbiy faoliyatini ta’minlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga, yoshlarning ruhiy va ma’naviy olamini boyishiga xizmat qilgan;
Xoja Ismat merosidagi olam, odam, borliq, haqiqat to‘g‘risidagi falsafiy g‘oyalarining tasavvufiy ta’limotlardagi laduniy ilm, tavhid, ruh, qalb, ma’rifat tushunchalari bilan o‘zaro aloqadorligiga oid nazariy xulosa va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ruhiy-ma’naviy muhit va betakror meros asosida bilim va tajriba, kasb malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni amalga oshirish, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-metodik manbalar bazasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 6 oktyabrdagi 02/292-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ongida islom dinining asl mohiyati va tasavvuf to‘g‘risida bilimlarning shakllanishiga, ularni islom dini niqobi ostidagi buzg‘unchi yot diniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan faoliyatning  takomillashishiga xizmat qilgan;
Xoja Ismat Buxoriyning etuklik va donishmandlik, komil inson haqidagi qarashlarida buyuk shaxslarning “axloqiy ideal” ekanligi uning “Amir Temur” marsiyasi, “Mirzo Ulug‘bek” va “Muhammad Porso” qasidalari asosida ochib berilgan xulosa va tavsiyalardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi, Ark o‘lkashunoslik muzeyi ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini va etiketlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitish faoliyatida, qo‘lyozmalar katalogi, al`bomlar, axborot-resurs bazasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 13 oktyabrdagi 01-12-02-3912-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy, ilmiy merosimizni jahonga tarannum etishga, yoshlarda buyuk ma’naviy merosimizga nisbatan hurmat va iftixor hissini oshirishga xizmat qilgan; 
Xoja Ismat Buxoriyning komil inson konsepsiyasidagi ilm, amal, faol mehnat, qanoat, ma’rifatli bo‘lish haqidagi g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish tamoyillariga oid ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 iyun` 2020 yildagi PQ-4768-son qaroridagi yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish va yoshlar sohasidagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, anjumanlar, “davra suhbatlari” va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020 yil 5 sentyabrdagi 01/4-02-23-166-son ma’lumotnomasi). Natijada komil inson konsepsiyasi, tasavvuf nazariyasi, hikmat va ma’rifatni shakllantirishga qaratilgan faoliyatning samaradorligini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va yoshlar ongida mintaqamizga xos tasavvuf ta’limotlarining ma’naviy hayotimizga pozitiv ta’siri, turli mutaassib diniy oqimlarning g‘oyalariga qarshi kurashuvchi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish