Norova Malika Fayzulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sayfiddin Boxarziyning tasavvuf tarixidagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal261.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Guli Talibovna, falsafa fanlari doktori, professor; Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sayfiddin Boxarziyning tasavvuf tarixida tutgan o‘rni va tasavvufiy merosining mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mutafakkirning “Kitobi sharhi asmo al husna”, “Kitobi avrod”, “Kitobi risolai ishq”, “Ruboiyoti Shayxul Olam Sayfiddin Boxarziy” asarlari asosida uning ontologik (borliq, yo‘qlik, fano, baqo, olam va odam) va gnoseologik (ilm, amal, olim, johil, qalb ko‘zi (basirat)) kabi g‘oyalari falsafiy kategoriyalar sifatida dalillangan;
“Kitobi fatvo va voqeoti irfoniyi Boxarziy” va “Ruboiyoti Shayxul Olam Sayfiddin Boxarziy” kitoblarida ko‘rsatilgan, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, ma’naviy barqarorlikka erishish g‘oyalarining yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi ochib berilgan;
vaqf hujjati asosida Sayfiddin Boxarziyning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan murosa falsafasiga oid faoliyati va tashabbuslari ochib berilgan;
Sayfiddin Boxarziy “Risolai vasiyoyi Boxarziy” asarida ilgari surgan “yaxshi urug‘, yaxshi joy, yaxshi o‘g‘it, qulay vaqt” konsepsiyasi “komil inson”-g‘oyasining genezisi ekanligi mantiqiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sayfiddin Boxarziyning tasavvuf tarixidagi o‘rnini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
vaqf hujjati asosida Sayfiddin Boxarziyning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan murosa falsafasiga oid faoliyati va tashabbuslari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan 44-20/60 raqamli “Buxoro hunarmandchiligi dunyo nigohida” mavzusidagi fundamental loyihada (2017 yil) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 89-03-3773-son ma’lumotnomasi). Natijada jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, yoshlar ma’naviy salohiyatini yanada takomillashtirish kabi profilaktik tadbirlarda yuqori natijalarga erishilgan;
mutafakkirning “Kitobi sharhi asmo al husna”, “Kitobi avrod”, “Kitobi risolai ishq”, “Ruboiyoti Shayxul Olam Sayfiddin Boxarziy” asarlari asosida uning ontologik (borliq, yo‘qlik, fano, baqo, olam va odam) va gnoseologik (ilm, amal, olim, johil, qalb ko‘zi (basirat)) kabi g‘oyalari falsafiy kategoriyalar sifatida dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar va amaliy takliflardan Buxoro viloyatida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Buxoro shahar kengashining ilmiy-madaniy jamoatchilikni xabardor qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 01/12-06-3691-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy yangiliklar o‘sib kelayotgan yosh avlodda tasavvuf ta’limoti, islom falsafasi, ayniqsa, islom dini niqobi ostida faoliyat olib borayotgan buzg‘unchi diniy-ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasida to‘g‘ri tasavvur va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
“Kitobi fatvo va voqeoti irfoniyi Boxarziy” va “Ruboiyoti Shayxul Olam Sayfiddin Boxarziy” kitoblarida ko‘rsatilgan, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, ma’naviy barqarorlikka erishish g‘oyalarining yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishiga oid nazariy umumlashma va metodik tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 15 oktyabrdagi 03/07-881-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning diniy aqidaparastlik, ekstremizm g‘oyalari hamda xar xil “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura oladigan mustahkam immunitetini shakllantirishga xizmat qilgan;
Sayfiddin Boxarziy “Risolai vasiyoyi Boxarziy” asarida ilgari surgan “yaxshi urug‘, yaxshi joy, yaxshi o‘g‘it, qulay vaqt” konsepsiyasi “komil inson” g‘oyasining genezisi ekanligi mantiqiy asoslangan natijalar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Asrlarning asraganlari”, “Moziy bisotidan”, “Buxoro: kecha va bugun”, “Qadriyatlar qadim beshigi”, “Buxoro tarix nigohida” kabi turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan hamda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 19 oktyabrdagi 1/275-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabin va radiotinglovchilarda Sayfiddin Boxarziy ma’naviy merosi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga, barkamol shaxs sifatida kamolotga erishishga zamin yaratgan.