Muxamedov Shuxrat Baxronovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Rossiya imperiyasining Turkistonda islom diniga doir siyosati (1864-1917 yy.), 07.00.01. — O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.1. DSc./Tar.13 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor, Isakova Muhayyo Srajidinovna, tarix fanlari doktori; Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkistonda Rossiya imperiyasining islom diniga oid davlat siyosati mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston o‘lkasida islomni “e’tiborsiz qoldirish” deb nomlangan siyosatni e’lon qilgan imperiya ma’muriyati, aslida aholining shariat qonunlariga asoslangan iqtisodiy hayotiga faol aralashib, musulmon aholisining turmush tarziga o‘zgartirishlar kiritishi jarayonida iqtisodiy va klerikal (diniy) elitani chetlatib, islom mavqeini pasaytirishga faol harakat qilganligi dalillangan;
ma’muriyat tomonidan maktab va madrasalarning ichki ishlariga faol aralashish siyosati ishlab chiqilib, hujjatlarning qabul qilinishi natijasida madrasalardagi kadrlar siyosati nazoratga olinib, amalda madrasalar ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan qator omillar, jumladan, vaqf hujjatlarining bekor qilinishi oqibatida madrasalarni yopish jarayonlari boshlanganligi isbotlangan; 
Turkiston o‘lkasidagi ta’lim tizimiga oid siyosatda mahalliy aholi hayotidan islom ta’limini asta-sekinlik bilan siqib chiqarish ko‘zda tutilgan bo‘lib, rus maktablariga aynan musulmon farzandlarini jalb etishning boshlanishi tub aholi orasida noroziliklarni keltirib chiqarganliklari asoslangan;
musulmon o‘quv yurtlarining davlat tomonidan tartibga solinishi islom dini ta’lim muassasalariga munosabatda xato siyosat yuritilishiga, shuningdek, hokimiyatning vaqf masalasini hal qilishda etarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi qator tartibsizliklarga, jumladan, 1898 yilgi Rossiya hukmronligiga qarshi Andijon qo‘zg‘oloniga sabab bo‘lganligi dalillangan; 
1898 yildagi Andijon qo‘zg‘oloni Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyatining mintaqada islomga oid davlat siyosatining taktikasi va strategiyasini belgilashda musulmon ruhoniylariga tayanish borasidagi xohish-istaklarini so‘ndirib, 1884 yilgi o‘lka musulmonlari Diniy idorasini tashkil etish borasidagi harakatlarda mahalliy islom elitasi asosiy rol` o‘ynagan bo‘lsa, keyingi ikkita – 1899 va 1908 yillardagi urinishlarda esa ushbu murakkab muammoni hal qilish ishidan islom ruhoniylari butunlay chetlashtirilib, mintaqa musulmonlarining boshqaruv tashkilotini tuzish masalasi 1917 yilga qadar o‘z echimini topmasdan natijada o‘lka ma’muriyati islom diniga oid siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmaganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1864-1917 yillarda Rossiya imperiyasining Turkistonda islom diniga doir siyosati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan dissertatsiya orqali XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida O‘rta Osiyo jamiyati musulmonlarining ma’naviy-diniy holatini tavsiflash, mustamlaka ma’muriyatining islom dini va uning institutlariga doir siyosati mazmunini ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 12 apreldagi 02-03/2353-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun metodik qo‘llanmalar va xrestomatiyalar yaratish imkoniyati oshgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institut¬larini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magidagi “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining “Buxoro viloyatida yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarini oshirish” 35-06-15-raqamli grant loyihasi doirasida “Otchyoti revizii grafa K.K.Palena kak istochnik dlya izucheniya kolonial`noy politiki Rossiyskoy imperii v Sredney Azii» (“Graf K.K.Palen taftishining hisobotlari Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatini o‘rganish manbasi sifatida”) nomli ilmiy qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magidagi “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2016 yil 16 noyabrdagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyatida yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
imperiya ma’muriyati tomonidan maktab va madrasalarning ichki ishlariga faol aralashish siyosati ishlab chiqilishi, hujjatlarning qabul qilinishi natijasida madrasalardagi kadrlar siyosati nazoratga olinishi, amalda madrasalar ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan qator omillar, vaqf hujjatlarining bekor qilinishi oqibatida madrasalarni yopish jarayonlariga doir ilmiy materiallar Buxoro davlat badiiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi materiallari va respublika muzeylarining ekspozisiyalarini shakllantirishda qo‘llanilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 23 fevraldagi 01-11-04-1426-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar muzeyning “Hujjatlar va fonoteka” fondini boyitish bilan birga Rossiya imperiyasining Turkistonda islom diniga nisbatan qo‘llagan siyosatini ochib berishga xizmat qilgan;
musulmon o‘quv yurtlarini o‘lka boshqaruvi tomonidan davlat tomonidan tartibga solinishi, islom dini ta’lim muassasalariga munosabatda xato siyosat yuritilishi, shuningdek, hokimiyatning vaqf masalasini hal qilishdagi etarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi qator tartibsizliklarga, jumladan, 1898 yilgi Rossiya hukmronligiga qarshi Andijon qo‘zg‘oloniga sabab bo‘lganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” kanalida 2019 yil 26 noyabridagi «Ustanovlenie sovetskoy vlasti v Turkestane. Avtonomiya Turkestana» (“Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Turkiston muxtoriyati”) ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK ning 2020 yil 21 iyuldagi 02-40-740-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda Rossiya hukmronligi davrida diniy siyosat yuritilishining mahalliy ziyolilarning taqdiriga ta’siri bo‘yicha tarixiy haqiqatlar ochib berilishi barobarida teletomoshabinlarga ob’ektiv ma’lumotlar etkazilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish