Murodov Sanjar Aslonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fariduddin Attorning ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2020.1.PhD/Fal 410.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar:Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Axmedova Zebiniso Azimovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Fariduddin Attor asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarni ochib berish hamda yosh avlod tarbiyasida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fariduddin Attor ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy va diniy-irfoniy qarashlaridagi «Ahli pok» konsepsiyasi jamiyatda egoizm, axloqiy buzuqlik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bilan uzviy bog‘liqligi «Mantiq ut-tayr», «Ushturnoma» kabi irfoniy-falsafiy manbalar asosida dalillangan;
Faridudin Attorning «Mantiq ut-tayr» va «Asrornoma» asarlaridagi ontologik va gnoseologik qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni   «muhabbat» va «ma’rifat» tushunchalar vositasida asoslangan; 
jamiyat hamjihatligi uchun zarur bo‘lgan futuvvat masalasi yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni “Tazkirat ul-avliyo” asari asosida dalillangan; 
axloqiy fazilatlar «aql», «ilm», «hilm», «shukr», «sabr» kategoriyalarining dialektik aloqadorligi, fatalistik yondashuv asosida jamiyat hayotidagi o‘rni hamda insonlar o‘rtasida integratsion ahamiyati «Hayotnoma» asari asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fariduddin Attor ma’naviy merosida ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarning tahlilini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Faridudin Attorning «Mantiq ut-tayr» va «Asrornoma» asarlaridagi ontologik va gnoseologik qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni   «muhabbat» va «ma’rifat» tushunchalar vositasida asoslanganligiga oid ilmiy xulosalari va yangiliklaridan Buxoro viloyat hunarmandchilikni rivojlantirish markazida bajarilgan 66-12/192 raqamli «Hunar rizq karvoni» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2885-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy o‘zlikni anglash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga imkon bergan;
Fariduddin Attor ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy va diniy-irfoniy qarashlaridagi «Ahli pok» konsepsiyasi jamiyatda egoizm, axloqiy buzuqlik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bilan uzviy bog‘liqligi «Mantiq ut-tayr», «Ushturnoma» kabi irfoniy-falsafiy manbalar asosida dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan tadbirlarida,jumladan, «Yurtim tarixini o‘rganaman» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlashda, «Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!» shiori ostida turkum choralarni amalga oshirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «Uzluksiz ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kabi vazifalar ijrosida foydalanilgan (Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining 2020 yil 24 iyul`dagi02/07-659-son ma’lumotnomasi). Natijada axloq, ma’naviy fazilatlar, milliy tarbiyada Sharq mutafakkirlarining qarashlarinini keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
axloqiy fazilatlar «aql», «ilm», «hilm», «shukr», «sabr» kategoriyalarining dialektik aloqadorligi, fatalistik yondashuv asosida jamiyat hayotidagi o‘rni hamda insonlar o‘rtasida integratsion ahamiyati «Hayotnoma» asari asosida ochib berilganligiga oid qarashlaridan Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-sonqarori bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida 2,3,4,5,6,10-bandlarda belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2020 yil 20 avgustdagi04-13/2232-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar faolligini oshirishga, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor yoshlar safining kengayishiga hissa qo‘shilgan. 
jamiyat hamjihatligi uchun zarur bo‘lgan futuvvat masalasi yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni “Tazkirat ul-avliyo” asari asosida dalillanganligiga oid ilmiy dissertatsiya xulosa va tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom Buxoro», «O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek», «Til-millat ko‘zgusi» kabi ko‘rsatuvlarida  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 7 avgustdagi 1/159-son ma’lumotnomasi). Natijada  Fariduddin Attor ma’naviy merosining yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, barkamol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish