Axmadxodjaeva Munojat Mutalibjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ovqatlanishi va mikroelement statusini baholash»,14.00.07 - Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.2.PhD/Tib625.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Tulkin Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Xashirbaeva Dinora Makkambaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyala-nuvchilarining ovqatlanish ratsioni va mikroelement statusini gigienik baholash natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim sharoitidagi bolalarni tibbiy ko‘riklar asosida ovqatlanish bilan bog‘liq status o‘zgarishlari, bo‘y ko‘rsatkichining pasayishi, teri, ko‘z sklerasi va tirnoqlardagi salbiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ovqatlanish statusiga bog‘liq gigienik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kunlik ratsionini asosiy oziqa mahsulotlari bilan boyitish hisobiga go‘sht, baliq, shakar mahsulotlarining yangi fiziologik me’yoriy ko‘rsatkichlari boyitish tavsiyalari ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kunlik ratsioni tarkibidagi mikro va makroelementlarning etishmasligi natijasidagi kasalliklarning xavf omillarining sifat ko‘rsatkichlari asoslangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalarning ovqatlanish ratsionini son va sifat ko‘rsatkichni o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan kunlik ratsion tarkibini yaxshilashga qaratilgan gigienik tavsiyalar takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini va mikrolement statusini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarning me’yoriy darajada o‘sish va rivojlanishi, turli faoliyatlariga qo‘llashga sharoit yaratish, bolalar orasida sog‘lom ovqatlanish tashkillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlanishi, jihozlanishi va ish sharoitini tashkilashtirishning sanitar-gigienik talablari» 0355-2018-son sanitariya me’yor va qoidasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-d/165-son ma’lumotnomasi). Natijada aholini turli xududlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqat tayyorlash bloki, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, ovqatlanish o‘rinlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joylarini me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar orasida mikronutrient tanqisligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni oldini olish, shakar, tuz, o‘simlik moyi, meva va sabzovotlarni me’yorlashtirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishga qo‘yilgan gigienik talablar» 0011-2020-son sanitariya me’yor va qoidasi ishlab chiqilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-d/165-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kunlik ratsioni tarkibidagi asosiy oziqa mahsulotlarining kunlik me’yoriga qator o‘zgartirishlar kiritilgan va yangi me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar orasida mikronutrient tanqisligi kasalliklari rivojlanishini xavf omillarni bartaraf etish hamda sog‘lom ovqatlanishni tashkillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mikroelement statusini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-d/165-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kunlik ratsioni tarkibining izdan chiqishini oldini olish va uni korreksiyalash, bolalarning gormonik rivojlanishi va nutrient etishmasligini oldini olish va kunlik ratsionni yaxshilash imkonini bergan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar orasida mikronutrient tanqisligi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning inobatga olgan holda Farg‘ona vodiysida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ovqatlanishi va mikroelement statusini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamaot salomatligi xizmati, Surxondaryo viloyati sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamaot salomatligi xizmati hamda Xorazm viloyati Xonqa tumani maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqarmasining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 08–04/4803–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning sifatli ovqatlanishini tashkil etish, salomatlik holatini mustahkamlash bo‘yicha tizimli profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, mikroelementlarning etishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar rivojlanishini erta oldini olish hamda o‘z vaqtida baholash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.