Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global barqaror taraqqiyotda ekologik partiyalarning roli (ijtimoiy-falsafiy tahlil», 09.00.04-Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fal49
Ilmiy maslahatchi: [Mamashokirov Saidmurod], falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Qarlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor, Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global barqaror taraqqiyot jarayonida ekologik partiyalar faoliyatini strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hamda ularning siyosiy-huquqiy maqomini mustahkamlash va rivojlantirish yo‘nalishlarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan aoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global barqaror taraqqiyot borasida yaratilgan falsafiy ta’limotlar va zamonaviy umummetodologik qarashlar va yondashishlarning falsafiy tahlili negizida umuminsoniy barqaror taraqqiyot jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi, pirovard natijada bularning o‘zi umumekologik manfaatlarining ifodasiga aylanishi asoslangan;
“tabiat – jamiyat - inson” tizimi munosabatida ekologik partiyalar jamiyat hayotida ekologik faoliyatni nazariy va ilmiy-tashkiliy va huquqiy-ekologik jihatdan amalga oshirishda yetakchilik maqomini kasb etishi hamda intellektual boy va sotsiokreativ yangi avlodning ekologik ongi va ekologik madaniyatini yuksaltirishda huquqiy-ekologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi falsafiy asoslangan;
atrof tabiiy muhitni ifloslantirgan va chiqindilar joylashtirilgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llashning zarurati falsay-huquqiy jihatdan asoslangan;
milliy davlat ekologik partiyalarining xalqaro integratsion jarayonlar globallashuvidagi faol ishtirokining xalqaro siyosiy mavqeini belgilaydigan umumiy mezon darajasiga ko‘tarilishi falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
umuminsoniy barqaror taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish tamoyillarini jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi, pirovard natijada bu omillarning o‘zi umumekologik manfaatlarining ifodasiga aylanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Global barqaror taraqqiyot jarayonida ekologik partiyalar faoliyatini strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning siyosiy-huquqiy maqomini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
global barqaror taraqqiyot borasida yaratilgan falsafiy ta’limotlar va zamonaviy umummetodologik qarashlar va yondashishlarning falsafiy tahlili negizida umuminsoniy barqaror taraqqiyot jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi, pirovard natijada bularning o‘zi umumekologik manfaatlarining ifodasiga aylanishi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonun hujjatlarini huquqiy-ekologik ekspertizadan o‘tkazish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 31maydagi ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ekologik muammolar bo‘yicha qonuniy chora-tadbirlarini falsafiy-ekologik jihatdan ko‘rib chiqishni takomillashtirish va chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
“tabiat – jamiyat - inson” tizimi munosabatida ekologik partiyalar jamiyat hayotida ekologik faoliyatni nazariy va ilmiy-tashkiliy va huquqiy-ekologik jihatdan amalga oshirishda yetakchilik maqomini kasb etishi hamda intellektual boy va sotsiokreativ yangi avlodning ekologik ongi va ekologik madaniyatini yuksaltirishda huquqiy-ekologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi hamda ekologik partiyaning xalqaro integratsion jarayonlar globallashuvidagi faol ishtiroki bo‘yicha falsafiy xulosalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatda atrof muhitni holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan dastur va harakatlar strategiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2021 yil 29 maydagi 05-/309-son dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston ekologik partiyasining hududiy bo‘limlarida, mamlakatda atrof muhitni holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan dastur va harakatlar strategiyasini shakllantirish va ilgari surishga xizmat qiladi.
atrof tabiiy muhitni ifloslantirgan va chiqindilar joylashtirilgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llashning zaruratining falsay-huquqiy xulosalaridan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 29-son “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”, 2021 yil 10 aprel`dagi 202-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabbiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” (“Respublika hududida atrof tabiiy muhitni ifloslantirgan va chiqindilarni joylashtirgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom”), 2021 yil 10 aprel`dagi 199-son “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish borasida davlat xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 apreldagi 12-18-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasida ekologiya sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning ilmiy-falsafiy jihatdan baholash imkonini bergan.