Djuraev Muhammadrizo Mamurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yormuhammad Yoriy va uning adabiy merosi», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil.955.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Mo‘minjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Dehqonov Akromjon Qodirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yoriyning hayot yo‘li, ilmiy biografiyasini yaratish, adabiy merosini, she’rlarining manbalarini aniqlash va o‘rganish orqali ularning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda shoir mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yormuhammad Yoriyning hayot yo‘li tegishli manbalar hamda biografik metod asosida muayyan tizimga solingan va qo‘lyozma devon, bayoz va tazkiralardagi adabiy merosi aniqlanib, dastxat devoni tabdil qilingan va tahrirga tortilgan, Yoriy she’riyatining yo‘nalishlari dunyoviy, uhroviy, tasavvufiy, rindona, hajviy mavzularda bo‘lganligi asoslangan;
Yormuhammad Yoriy muxammaslari hamda tatabbu’larining mazmunan teran va shaklan mukammalligi, ayniqsa, biror bir shoirning g‘azaliga avvaliga taxmis bog‘lab, keyin shu taxmis yo‘lida mutlaqo yangi muxammas yozganligi yoki biror g‘azalni tarjima qilib, shu mavzu, shaklda g‘azal bitganligi dalillangan;
shoir she’riyatining janr qurilishida mumtoz she’riyatda faol iste’molda bo‘lgan shakllarni istifoda etish bilan birga, qator lirik janrlar kompozisiyasida isloh yasaganligi, shuningdek, arab va fors tillaridan qilgan tarjimalarida asl matnda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘zbek tilida mahorat bilan yoritganligi ochib berilgan;
Yoriy she’riyatida diniy va dunyoviy she’rlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalaridan tashbeh, istiora, tazod, talmeh, ta’did, iyhom, tajnis, takrirning qator turlari va boshqa badiiy tasvir usullaridan mohirona foydalanganligi, hazaj bahrining bir necha tarmog‘ida g‘azallar yozgani, ramal, munsareh, mujtass, shuningdek, murakkab vaznlardan komil kabi o‘nga yaqin bahrda she’rlar bitgani, shular orqali Yoriy mumtoz she’riyatda noyob iste’dod egasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yormuhammad Yoriy hayoti va ijodini o‘rganish tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
shoir she’riyatining janr qurilishida mumtoz she’riyatda faol iste’molda bo‘lgan shakllarni istifoda etganligi, qator lirik janrlarda isloh yasaganligi, shuningdek, arab va fors tillaridan qilgan tarjimalarida asl manbada ilgari surilgan g‘oyalarni o‘zbek tilida mahorat bilan yoritib berganligiga oid natijalaridan ModeHED - “Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” (2015-2018) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 89-03-5487-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va adabiyoti hamda pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida adabiyotshunoslik nazariyasi, adabiyotshunoslikka kirish, matnshunoslik sohasini o‘qitishning samaradorligi oshgan;
Yormuhammad Yoriyning dastxat devonini tabdil, tahrir va tadqiq qilish jarayonida she’riyatining yo‘nalishlari uhroviy, tasavvufiy, rindona, dunyoviy, hajviy mavzularda bo‘lganligi, muxammaslari hamda tatabbu’larining mazmunan teran va shaklan mukammalligi, ayniqsa, biror bir shoirning g‘azaliga avvaliga taxmis bog‘lab, keyin shu taxmis yo‘lida mutlaqo yangi muxammas yozganligi yoki biror g‘azalni tarjima qilib shu mavzu, shaklda g‘azal bitganligi bilan yangiliklar qilganligiga oid xulosalardan 2003-2007 yillarda bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishning innovatsion metodlari” mavzusidagi F–7.2.1 (PFI-1 fundamental tadqiqotlar bo‘yicha) raqamli fundamental loyihani nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 89-03-5487-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, madaniy, ma’rifiy muammolar echimini topish usullaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishga erishilgan;
Yoriyning adabiy merosini qo‘lyozmalar, bayozlar va joriy nashrlar asosida o‘zaro qiyoslanib, muayyan tizimga solib chiqish va tadqiqqa tortish natijasida uning asarlarini ilmiy muomalaga kiritilganligi haqidagi mulohazalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 02-40-855 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha hamda ko‘rsatuvning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.
Yormuhammad Yoriyning hayot yo‘li tegishli manbalar hamda biografik metod asosida muayyan tizimga solinganligi, qo‘lyozma devon, bayoz va tazkiralardagi adabiy merosi aniqlanib, dastxat devoni tabdil qilinib, tahrirga tortilganligi, Yoriy she’riyatining yo‘nalishlari dunyoviy, uhroviy, tasavvufiy, rindona, hajviy mavzularda bo‘lganligiga oid xulosalardan 2019-2020 yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradikanali DUK “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 yanvardagi O‘z 10-9-10 son ma’lumotnomasi). Natijada, Qo‘qon adabiy muhiti va unda Yoriyning o‘rni, uning Muqimiy, Furqat, Muhayyir hamda boshqa shoirlar bilan ijodiy aloqalarini yoritish muammolari haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilgan.