Nazarov Baxtiyorjon Mamajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zgaruvchan va kuchli kontinental iqlim sharoitida glaukomaning tarqalishi, shakllanishi, klinik kechishi va profilaktikasi», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1463.
Ilmiy rahbar: Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Saloxidinov Zuxridin Saloxidinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ikramov Azizbek Fazilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zgaruvchan va kuchli kontinental iqlim sharoitida glaukomani erta bosqichda aniqlash va mintaqaviy profilaktikasini takomillashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy iqlim o‘zgarishlarining prognostik ahamiyatini baholash orqali glaukoma kechishining epidemiologik va klinik xususiyatlari aniqlangan;
glaukoma, preglaukoma va oftal`mogipertenziya kechishining og‘irlashish xavfi mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan atmosfera jarayonlarining meteotrop ta’siriga uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zgaruvchan va keskin kontinental iqlim sharoitida klimatik omillarning absolyut ko‘rsatkichlarini stratifikatsiyalash orqali glaukoma jarayonlarining zo‘rayish sabablari (AtB ≥945 mb, havonig nisbiy namligi 46%, havo haroratini tebranishlari ≥-5,2°S) asoslangan;
maxsus mavsumiy meteo- va klimatogrammalar orqali kasallikning o‘tkir xurujlari rivojlanish xavfini oldini olishga qaratilgan meteoprofilaktika tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tez o‘zgaruvchan iqlim sharoitida kasallikning tarqalishi va kechishining xususiyatlaridan foydalangan holda meteorologik profilaktika tizimini ishlab chiqish orqali glaukomani davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy klinik amaliyotda glaukomani erta bosqichda aniqlash va mintaqaviy profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Umumiy klinik amaliyotda glaukomani erta bosqichda aniqlash va mintaqaviy profilaktikasini takomillashtirish usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 8n-z/17-son ma’lumotnomasi). Glaukomatoz jarayonlar kechishini meteorologik bashorat qilish bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar, kasallikning zo‘rayish chastotasini va og‘ir shakllari rivojlanishini kamaytirish uchun profilaktiki tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
glaukoma profilaktikasini sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 8n-z/17-son ma’lumotnomasi). Glaukomani oldini olish bo‘yicha taklif qilingan takomillashtirilgan profilaktik chora-tadbirlar kompleksi iqlimiy algoritmik jadvallar asosida glaukomani erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga imkon bergan.