Tolibov Dilshod Sirojovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Al`sgeymer kasalligini erta diagnostikasi va prognozlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqish, menejment terapiya», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Tib391.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ulug‘bek Xudoyarovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Al`sgeymer kasalligini erta bosqichlarini tashxisoti va prognozlash algoritmini optimallashtirish hamda davolash choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Al`sgeymer kasalligining erta va kechki bosqichlari hamda qon-tomir demensiyasidagi kognitiv buzilishlar avj olishi oliy nerv faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
Al`sgeymer kasalligi mavjud bemorlarda Fe2+ katalizator bilan oksidlanishdan oldingi va keyingi degidroepiandrosteron-sul`fat miqdori orasidagi manfiy korrelyasiya, kognitiv buzilishlar bilan kasallikning og‘irlik darajasiga ta’siri aniqlangan;
bemorlar qon zardobida Aβ42 va AroE4 patologik oqsillari AKning erta diagnostikasida xamda SMIda kuzatiladigan kognitiv buzilishlarni taqqoslama tashxislashda klinik ahamiyati isbotlangan;
Al`sgeymer kasalligini erta tashxisotida kognitiv buzilishlarning klinik-biokimyoviy, neyropsixologik, neyrovizualizatsion va laborator ko‘rsatkichlar asosida diagnostik ketma-ketligi optimallashtirilgan;
Al`sgeymer tipli demensiyaning engil va o‘rta og‘irlikdagi bemorlarda kognitiv buzilishlar bazis davosiga NMDA-antagonisti va nootrop vositalar qo‘llash bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. AK mavjud bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Al`sgeymer kasalligi erta bosqichlarini tashxislash usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05494, 27.11.2017 y.). Natijada Al`sgeymer kasalligining erta bosqichlarini batafsil aniqlash, diagnostikani soddalashtirish, tekshiruv vaqtini 3 barobar kamaytirish imkonini bergan;
Al`sgeymer kasalligining erta tashxisoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Al`sgeymer kasalligining erta tashxisotining yangi usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-d/244-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Al`sgeymer tipli demensiyalarning erta diagnostika va prognozlash texnologiyasini optimallash imkonini bergan;
Al`sgeymer tipli demensiyada menejment terapiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Al`sgeymer tipli demensiyada menejment terapiyani optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-d/244-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tasiyanoma Al`sgeymer tipli demensiyalarning zamonaviy davolash usullarini yaxshilash imkonini bergan;
Al`sgeymer tipli demensiyalarning rivojlanishini erta diagnostik mezonlarini qo‘llash va zamonaviy davolash tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotning tizimli tahlil bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shaxar 7-sonli klinik shifoxonasi, Namangan shaxar 1-sonli klinik shifoxonasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida, shuningdek Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n-z/7-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida AKni erta bosqichlarida tashxislash, prognozlash va zamonaviy differensiallashgan davolash muddatini qisqartirish xamda asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish