Aktamov Bekzod Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «GIS texnologiyalari asosida seysmik riskni regional darajada baholashning kartografik modeli (Jizzax viloyati misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1411.
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DM huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Aimbetov Izzet Kallievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: regional hududlarning seysmik riskini iqtisodiy ko‘rsatkichlarda baholashning kartografik modelini GIS texnologiyalar asosida ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
seysmik xavf regional miqyosda seysmik tebranishning so‘nishini va grunt sharoitni hisobga olgan holda deterministik va ehtimoliy yondashuvlar asosida miqdoriy baholangan;
tadqiqot hududida qurilgan binolarning muhandis ko‘rsatkichlar asosida ma’lumotlar bazasi yaratilgan va «GESI_Program» kompyuter dasturidan foydalangan holda binolarning turli konstruktiv turlari bo‘yicha seysmik zaiflik funksiyalari aniqlangan;
GIS texnologiyasi asosida regional miqyosdagi hududlarning seysmik riskni baholashning kartografik modellari ishlab chiqilgan va ular asosida ehtimoli yuqori bo‘lgan kuchli zilzila talafotlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlarda aniqlashning tezkor avtomatlashtirilgan kompyuter dasturi «SeismicRiskAssessment» yaratilgan;
ilk bor Jizzax viloyati misolida ehtimoli yuqori bo‘lgan ssenariya zilzilasi oqibatida vujudga keladigan bevosita talafotlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarda «SeismicRiskAssessment» kompyuter dasturi asosida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jizzax viloyati hududida seysmik riskni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli seysmik jadallik ta’sirida (6, 7 va 8 ballik) barcha aholi punktlaridagi bino-inshootlarning konstruktiv tiplari bo‘yicha bevosita talafotlari baholangan jadvali Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 2/4/32-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati hududning seysmik xavfsizligini ta’minlashda ustivor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
GIS texnologiyasi asosida regional miqyosdagi hudud seysmik riskini baholash uchun ishlab chiqilgan kartografik modellari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 2/4/32-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati hududining seysmik riskini baholashga oid kartografik ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan;
ehtimoliy yuqori bo‘lgan kuchli zilzilalar (M≥5,0) sodir bo‘lganda regional miqyosdagi talafotlarni aniqlashning GIS texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan tezkor avtomatlashtirilgan kompleks Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 2/4/32-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, «SeismicRiskAssessment» dasturi regional miqyosida seysmik riskni tezkor baholash imkonini bergan;
Jizzax viloyati misolida ssenariy zilzilasi oqibatida vujudga keladigan bevosita talafotlarni «SeismicRiskAssessment» kompleks dasturi asosida hisoblangan iqtisodiy miqdorlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 2/4/32-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan iqtisodiy ma’lumotlar qutqaruv ishlarini samarali rejalashtirishga hissa qo‘shish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish