Turdikulov Xusanboy Xudoynazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy kuzatish natijalarini hisobga olgan holda asosiy yuklar ta’sirida gruntli to‘g‘onlarni ustivorlikka hisoblash», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T972.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Salyamova Klara Djabbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sultanov Taxirjon, texnika fanlari doktori, professor;
Mirzaev Ibraxim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy kuzatish natijalarini hisobga olgan holda asosiy yuklar ta’sirida gruntli to‘g‘onlarni ustivorlikka hisoblash usullarini takomillashtirish va seysmik mustahkamlikka hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
statik yuklar ta’siridagi gruntli to‘g‘onlarning mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda chekli elementlar usulida sohani to‘rtburchakli elementlarga ajratish yo‘li bilan hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
asosiy yuklar ta’sirida (gravitatsiya kuchi va gidrostatika) gruntli to‘g‘onning konstruktiv xususiyatlarini, materialining bir jinsli emasligini va suv omboridagi suvning sathini hisobga olgan holda kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblash uslublari ishlab chiqilgan;
zilzila intensivligiga mos keladigan maksimal seysmik yuklarni hisobga olishga asoslangan gruntli to‘g‘onlarni seysmik mustahkamlikka hisoblashning statik usuli takomillashtirilgan;
sonli hisoblash natijalarini tabiiy kuzatish ma’lumotlari bilan solishtirishga asoslangan gruntli to‘g‘onlarning texnik holatini baholash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy kuzatish ma’lumotlaridan foydalanib gruntli to‘g‘onlarni statik masalalarini echish usullari tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlarni kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatiga hisoblash uslubi “O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi” UK va “To‘polang tizimi suv omborlaridan foydalanish” boshqarmasining Chorvoq va To‘polang gruntli to‘g‘onlarining statik hisoblash jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” AJning 2020 yil 15 sentyabrdagi 02-15/2543-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat-o‘lchov asboblari bilan jihozlanmagan gruntli to‘g‘onlardagi kuchlanish, cho‘kish va siljishlarni aniqlanishi, tabiiy kuzatishdagi sarflanadigan mablag‘larni 15-20% iqtisod qilinish imkonini bergan;
gruntli to‘g‘onlarni seysmik ta’sirlarga chidamliligini hisoblashga ishlab chiqilgan uslubi va dasturi “O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi” UK va “To‘polang tizimi suv omborlaridan foydalanish” boshqarmasining Chorvoq va To‘polang gruntli to‘g‘onlarining seysmik hisoblash jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” AJning 2020 yil 15 sentyabrdagi 02-15/2543-son ma’lumotnomasi). Natijada, hisoblash jarayoniga sarflanadigan vaqt 1,2 barobarga qisqarishini, zilzilabardoshliklari ta’minlanishining asoslash imkonini bergan.