Oqboev Akmaljon Baxromjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buziladigan giperbolik va aralash tipdagi ikkinchi tur tenglamalar uchun masalalar”, 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM304.
Ilmiy rahbar: Urinov Axmadjon Kushakovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.05.04.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Anvarjon, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Apakov Yusupjon Pulatovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buziladigan giperbolik va parabolo-giperbolik tipdagi ikkinchi tur tenglamalar uchun korrekt qo‘yilgan boshlang‘ich va chegaraviy masallarni aniqlash va ularni bir qiymatli echilishini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buziladigan giperbolik tipdagi ikkinchi tur tenglamaning umumiy echimini topish usuli ishlab chiqilgan;
xarakteristik uchburchakda buziladigan giperbolik tipdagi ikkinchi tur tenglama uchun boshlang‘ich shartlari o‘zgartirilgan Koshi masalasi echimining formulasi topilgan va masala echimining yagonaligi isbotlangan;
giperbolik tipdagi buziladigan ikkinchi tur tenglama uchun harakteristik uchburchakda Koshi-Gursa masalasi va nolokal siljishli masalalarning bir qiymatli echilishi asoslangan;
to‘g‘ri to‘rtburchak va xarakteristik uchburchakdan tashkil topgan aralash sohada parabolo-giperbolik tipdagi ikkinchi tur tenglama uchun Trikomi masalasi va nolokal masalalar echimining mavjudligi va yagonaligi haqidagi teoremalar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buziladigan giperbolik va aralash tipdagi ikkinchi tur tenglamalar uchun masalalarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
giperbolik tipdagi buziladigan ikkinchi tur tenglama uchun harakteristik uchburchakda Koshi-Gursa masalasi va nolokal siljishli masalalarning bir qiymatli echilishi NIOKTR AAAA-A19-119013190078-8 raqamli “Asosiy va aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar, ularning boshqaruv va dinamik sistemalarni modellashtirish masalalariga tatbiqi” mavzusidagi xorijiy loyihada korrekt masalalar bayon qilish va tekshirishda foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Kabardin-Balqar ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish institutining 2020 yil 7 dekabrdagi 01-16/49-1-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada aralash tipdagi ikkinchi tur tenglamalar uchun ba’zi siljishli masalalar echimlarini qurish va boshqaruv masalalariga tatbiq qilish imkoni yaratilgan;
buziladigan giperbolik tipdagi ikkinchi tur tenglamaning umumiy echimini topish usuli “Yonish va portlash masalalari uchun turli xil modellarni umumlashtirish va tavsiyalar” (2017 y.) va “Fazaviy o‘tish va kritik jarayonlar masalalari. Ular tenglamalarining matematik aspektlari, tezkor o‘tishlar va asimptotikalar” (2019 y.) nomli xorijiy loyihalarda differensial tenglamalar uchun kelib chiqqan masalalarni tekshirishda foydalanilgan (O‘sh davlat universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining 2020 yil 16 noyabrdagi 526-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yonish, portlash, fazaviy o‘tish va kritik jarayonlarga mos tenglamalar echimlarini qurish hamda ularni amaliy masalalarga qo‘llashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish