Xomidov Voxidjon Obidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy ipak iplarini tandalash jarayonini tadqiq qilish va takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.1.PhD/T609.
Ilmiy rahbar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar:  Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Alisher Yusupjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ipak iplarini tandalash jarayonini takomillashtirish orqali  tandalash mashinasi unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy ipak iplarini libitlab tandalashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan va ratsional parametrlari aniqlangan;
tabiiy ipak iplarini tandalashda ipning o‘ramdan ko‘tarilish burchagini ipning chuvilish tezligi, ballon balandligi va o‘ram diametri orqali xisoblashning matematik bog‘lanishi ishlab chiqilgan va ular erdamida ballon shakllanishini boshkarish amalga oshirilgan;
to‘qimachilik mashinalari ip taranglovchi asboblarini yangi parametri – texnologik mutanosiblik parametri taklif etilgan va uning aniqlash matematik bog‘lanishlari  ishlab chiqilgan hamda bir impul`sli va o‘sib boruvchi ko‘p impul`sli yuklamalar asosida uni aniqlash usullari yaratilgan;
ip taranglovchi asboblari parametrlarining bir impul`sli va o‘sib boruvchi ko‘p impul`sli yuklamalar ta’sirida o‘zgarishini hisobga olgan holda ularning texnologik mutanosibligini  aniqlash uchun qurilmalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy ipak iplarini tandalash jarayonini takomillashtirish va parametrlarni optimallash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
tandalash jarayonining maqbul parametrlari va ip taranglagich qurilmasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «Sharq ipagi durdonasi» MChJ libitlab tandalash mashinalarida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat»  uyushmasining  2020 yil  5 noyabrdagi 4-2/2236-son ma’lumotnomasi). Natijada libitlab tandalash jarayonida iplarning uzulishi 28 %ga, xomashyo chiqindilari 21,1 %ga kamayishiga, libitlab tandalash mashinasi unumdorligi 23,5 %ga  oshishiga imkoniyat yaratilgan;
libitlab tandalash jarayonining takomillashtirilgan texnologiyasi va ratsional parametrlari «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan Namangan shaxrida joylashgan «Atlas-adras» MChJda joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 5 noyabrdagi 4-2/2236 -son ma’lumotnomasi). Natijada libitlab tandalash jarayonida iplarning uzulishi 26 %, xomashyo chiqindilari 19,9%ga kamayishiga, libitlab tandalash mashinasining unumdorligi 21,2 % ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish