Bazarbaev Farrux Nazarbaevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozisiyasi asosida gidroizolyasion materiallar olish tarkibi va texnologiyasini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T385.
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Axmadjon, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSs.03/30.12.2019.T.04.01.
«Polimer-bitum kompozision materiallarni tayyorlash usuli» ixtiro patentiga (№IAP 04087) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 16 yanvardagi 02-11/164-son xulosasi berilgan.
«Polimer-bitum kompozision material tarkibi» ixtiro patentiga (№IAP 05490) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 16 yanvardagi 02-11/163-son xulosasi berilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi: past molekulali polietilen bilan modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozisiyasi asosida gidroizolyasion materiallar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past molekulali polietilen modifikatorlar asosida adgezion xossalari yaxshilangan va issiqga chidamli polimer-bitum kompozisiyalarining tarkibi yaratilgan (№IAP 05490);
past molekulali polietilen modifikatori kiritilgan polimer-bitum kompozisiyalarining struktura hosil bo‘lish xususiyatlarini kompozisiya tarkibi va texnologik rejimlarini modellash asosida aniqlangan;
hududiy iqlim sharoitlarini hisobga olib, qoplama materiallarini, texnologik, fizik-mexanik xossalari, atmosfera va agressiv muxitlarga chidamliligiga past molekulali polietilen modifikator ta’siri asoslangan;
past molekulali polietilen modifikatori asosida polimer-bitum kompozisiyalarni olish texnologiyasi parametrlarini maqbullashtirish imkonini beruvchi jarayon vaqti va harorati bitumda «Palaxsa» ni termomexanik ishlov berishdagi destruksiyasi darajasi hamda yumshalish haroratida dastlabki bitum-erituvchini miqdoriy bog‘liqligi aniqlangan;
yaxshilangan xususiyatlari bilan issiq polimer-bitum kompozisiyasi tarkibini maqbullashtirish imkonini beruvchi «Palaxsa»ni yumshalish harorati va destruksiya darajasini dastlabki bitum-erituvchi, to‘ldirilish darajasi va «Palaxsa» ni dispersligini miqdoriy bog‘liqligi isbotlangan;
yuqori ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarga ega hamda korroziyaga qarshi xususiyatlari yaxshilangan gidroizolyasion polimer-bitum kompozision materialining olish texnologiyasi yaratilgan (№IAP 04087).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer-bitum kompozision materiallarni tayyorlash usuli, optimal tarkiblarini ishlab chiqishda energiya tejamkor texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan bitumda «Palaxsalar» modifikatori termomexanik destruksiyalash apparati «Uzruberoid» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 09-06/5032-son ma’lumotnomasi). Natijada, polimer-bitum kompozision materillarning ishlab chiqarish unumdorligini 20–25% ga oshirish imkonini bergan;
yaratilan polimer-bitum kompozisiyasi tarkibi «Uzruberoid» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 09-06/5032-son ma’lumotnomasi). Natijada, massaning tarkibi 2100 gr/m2 , yumshash harorati 900S, cho‘zilishga mustahkamligi 36 N(kgs), mo‘rtlik xarorati -240S ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan polimer-bitum kompozision materialini ishlab chiqish imkonini bergan;
yuqori ekspluatatsiya ko‘rsatkichlariga ega hamda korroziyaga qarshi xususiyatlari yaxshilangan gidroizolyasion polimer-bitum kompozision materialning olish texnologiyasi «Uzruberoid» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 09-06/5032-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozisiyasi asosida gidroizolyasion qoplama olish imkonini bergan.