Gulmurodov Farrux Eshmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm maqsadlari uchun tizimli kartaga olishning ilmiy asoslarini takomillashtirish», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1890
Ilmiy rahbar: Safarov Eshqobul Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor; Musaev Ilxomjon Maqsudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turistik mavzudagi kartalarning mintaqaviy tizimini yaratishning ilmiy va amaliy asoslarini GAT texnologiyalari yordamida ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm resurslarini tabiiy, biomadaniy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy turlarga bo‘lgan holda geoaxborot texnologiyalari asosida turistik kartalarni tuzish tamoyillari ishlab chiqilgan;
sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasi asosida aniqlangan koordinata qiymatlarini geoma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalab ArcGIS dasturida mintaqaviy turizm karta va planlarini yaratish usullari takomillashtirilgan;
turizm kartalarining mintaqaviy tizimini tashkil etadigan seriyali kartalardan foydalanib kartografik dizayn usullari asosida ArcGIS dasturida turizm atlasi loyihasi ishlab chiqilgan;
korrelyasion-regression modellardan foydalanib turizm jarayonlariga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida turistik sohaning rivojlanish tendensiyasi prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm maqsadlari uchun tizimli kartaga olishning ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turistik kartografik ishlanmalarning mazmuni, tizimli kartaga olish tamoyillari va usullari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizimidagi «Kartografiya» ilmiy ishlab chiqarish davlat unitar korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 iyuldagi 02/02-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
turizm maqsadlari uchun kartografik asarlarning mintaqaviy tizimini tashkil etuvchi plan va kartalar, atlaslar ro‘yxati va tarkibi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizimidagi «Kartografiya» ilmiy ishlab chiqarish davlat unitar korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 iyuldagi 02/02-6607-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati turistik resurslari haqida ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan yagona axborot tizimlarini yaratish, tabiiy, tarixiy-madaniy resurslarni baholash va inventarizatsiya qilish hamda turistlar va turizm tashkilotlarini zamonaviy kartografik maxsulotlar bilan ta’minlash imkonini bergan;
korrelyasion-regression modellar asosida ishlab chiqilgan turizm jarayonlari prognozi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Samaraqand viloyati turizmni rivojlantirish departamentida amaliyotda foydalanish uchun joriy qilingan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 3 martdagi 02-16/1465-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sanoatini samarali rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va maqbul strategiyani tanlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish