Davidbaeva Nargizaxon Baxtiyordjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qayishqoq   amortizatorli samarali paxta separatori konstruksiyasini ishlab chiqish va parametlarini asoslash”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1.1816.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: Separator ishchi organlarining samarali konstruksiyasining ishlab chikish orkali paxta mahsulotlari dastlabki sifat  ko‘rsatgichlarini saqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtaning havodan ajralish jarayoni, zarba hodisasi, uning natijasida chigit shikastlanishi va separator devorining emirilishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlilidan kelib chiqib, paxta separatorining orqa devoriga amortizatorli plastina o‘rnatilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separatorda paxta  bo‘lagining  amortizator  plastinkasi bilan ta`sirlashuvidan keyingi harakati analitik formulasi asosida paxtaning pastga tushish vaqti qisqarishini ta’minlovchi rezina bikrligi aniqlangan;
paxta  bo‘lagi zarba kuchi ta’sirida  amortizator plastinkasi tebranish amplitudasini  analitik usulda aniklovchi bog‘lanishlar  tahlili natijasida amortizatorning bikrlik dissipativ parametrlari asoslangan;
tenzometrik tajriba vositasida olingan separator amortizatorli plastinasi tebranish qonunini ifodalovchi osillogrammalar  tahlili natijasida amortizatorning qabul qilingan parametrlari amaliy asoslangan;
to‘liq omilli tajribaviy tadqiqotlar asosida olingan regressiya tenglamalarining kiruvchi parametrlari turli qiymatlaridagi tahlillari va ishlab chiqarish sinovlari natijasida amortizatorli separatorda paxta chigiti mexanik shikastlanishining barataraf etilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta xom-ashyosini   havodan ajratib beruvchi  qayishqoq   amortizatorli separator  konstruksiyasini  ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston  Respublikasi  intellektual  mulk  Agentligi  tomonidan ixtiro sifatida patentlangan paxta separatori konstruksiyasi ishlab chiqilgan («Tolali materiallar uchun separator» №IAP 06300 15.09.2020 y.). Natijada paxtani tashuvchi havodan ajratish jarayonida paxta tolasi va chigit dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash imkoniyati yuzaga kelgan;
qayishqoq amortizatorli paxta separatori konstruksiyasi Farg‘ona viloyatidagi «Toshlok paxta tozalash» AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi № 03-18/2535 ma’lumotnomasi). Natijada paxta  tolasidagi ifloslik va nuksonli  aralashmalar massaviy ulushining  0,10-0,12%  kamayishiga erishilgan;
qayishqoq amortizatorli paxta separatori konstruksiyasi va uning ratsional parametrlari Farg‘ona viloyatidagi «Quva paxta tozalash» AJ da  ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi № 03-18/ 2535 ma’lumotnomasi). Natijada separatorda paxta chigitining  shikastlanishi  0,2-0,23%  kamayishi ta`minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish