Nosirova Umidaxon Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poetik matnlarning pragmatik xususiyatlari», 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1035
Ilmiy  rahbar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Farg‘ona  davlat universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor,  Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi poetik matnlarning pragmatik xususiyatlarini va ularda ifodalangan pragmapoetik simptom, vizual-grafikaning kognitiv-pragmatik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetik matnlardagi yaratuvchi va qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlar, muallif maqsadi, ifodaning oshkora va yashirin shakllari, ijodkor tafakkuri bilan bog‘liq til imkoniyatlari kognitiv-pragmatik asosda aniqlangan;
har qanday matn uslubiy ifoda bo‘yog‘iga ega bo‘lib, poetik matnlarning pragmatik mohiyati tilning kommunikativ, reprezentativ, ekspressiv, appelyativ funksiyalari orqali yuzaga chiqishi dalillangan;
poetik matnlarda muallifning belgi yordamida ob’ektiv olamga bo‘lgan munosabatining ijtimoiy voqelik idroki sifatida namoyon bo‘lishi – umumiy pragmapoetik simptom va muallifning voqelikka bo‘lgan xususiy-hissiy yondashuvi – individual pragmapoetik simptomlar doirasida pragmatik jihatdan asoslangan; 
poetik matnlarda badiiy konseptga xos ifoda usullari, muallifning ob’ektiv olamni idrok etish darajasi va konseptual olami, uning kognitiv bilimlari, borliq haqidagi mantiqiy-falsafiy qarashlarining grafik shakllarda ifodalanishi, shuningdek, vizual-grafik poetika va uning matn mazmunini ochishdagi ahamiyati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poetik matnlarning pragmatik xususiyatlari  tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
matn tilshunosligi taraqqiyotining an’anaviy matn lingvistikasi va poetik matn lingvistikasi kabi ikki xronologik davri haqidagi nazariy qarashlar hamda poetik matnlarning badiiy ifodasi va ularda yuzaga chiqadigan kommunikativ munosabatlar borasidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2015-2018 yillarda bajarilgan ModeHED-“Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” nomli xalqaro fundamental loyiha amaliyotida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4504-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxslararo kommunikativ muloqot, borliqdagi voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabat masalalari ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
har qanday matn uslubiy ifoda bo‘yog‘iga ega bo‘lib, poetik matnlarning pragmatik mohiyati tilning kommunikativ, reprezentativ, ekspressiv, appelyativ funksiyalari orqali yuzaga chiqishi, inson til orqali dunyoni anglashi, muayyan voqelikni  tushunib etishi haqidagi ilmiy xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi A-1-099-raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” nomli loyihaning amaliy jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4504-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz strategik taraqqiyotida fuqarolarning milliy, ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishga amaliy jihatdan xizmat qilgan;
poetik matnlarda muallifning belgi yordamida ob’ektiv olamga bo‘lgan munosabatining ijtimoiy voqelik idroki sifatida namoyon bo‘lishi – umumiy pragmapoetik simptom va muallifning voqelikka bo‘lgan xususiy-hissiy yondashuvi – individual pragmapoetik simptomlar sanalishi haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-100-raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental loyihaning amaliy jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4504-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik matnga xos simptomlar va u orqali voqelanadigan ijtimoiy hodisalarning lingvistik tahlili asosida imkoniyati cheklangan bolalarning lisoniy va badiiy tafakkuri takomillashuviga erishilgan;
poetik matnlarda badiiy konseptga xos ifoda usullari, muallifning ob’ektiv olamni idrok etish darajasi va konseptual olami, uning kognitiv bilimlari, borliq haqidagi mantiqiy-falsafiy qarashlarining grafik shakllarda ifodalanishi, shuningdek, vizual-grafik poetika va uning matn mazmunini ochishdagi ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalardan 2019-2020 yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 6 oktyabrdagi 04-25-905-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilib, ilmiy dalillar bilan ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish