Muhammadalieva Madina Nosirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlariningleksik-semantik va derivatsion xususiyatlari», 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.4.PhD/Fil.1032
Ilmiy rahbar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor, Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlarining leksik-semantik va derivatsion xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar nomlari leksik-semantik guruhi kishilarning mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti va muayyan ish turini ifodalashiga ko‘ra shaxs semantik mikromaydoniga mansubligi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va boshqa o‘zgarishlar ta’sirida boyib, takomillashib borishi dalillangan;
o‘zbek tilining kasb-hunar nomlari semantik maydoni til taraqqiyotining keyingi bosqichlarida fors-tojik, arab, rus tili va boshqa xorijiy tillar ta’sirida taraqqiy etishi, ayrim turkiy kasb-hunar nomlari o‘zlashmalar bilan almashib, eskirgan lug‘aviy qatlamga o‘tishi asoslangan;
kasb-hunar nomlari leksik-semantik guruhining ish joyi, turi, mehnat asboblari, qurollari, ishlab chiqarilgan mahsulot, mehnat faoliyati bilan bog‘liq nominatsion-motivatsion asoslari aniqlangan va tibbiyot, ta’lim, savdo-sotiq, qurilish, me’morchilik, qishloq xo‘jaligi, sport, matbuot va ommaviy axborot, huquq, sud, moliya, iqtisod hamda boshqa sohalarga xoslanish jihatlari belgilangan;
kasb-hunar nomlarining morfologik, sintaktik usullar orqali yasalishi, yasovchi vositalar va ularning qo‘llanish darajasi, tuzilishiga ko‘ra asos+chi, asos+shunos, asos+furush, asos+paz, asos+kor kabi derivatsion modellari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poetik matnlarning pragmatik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlari mavzuiy guruhining lisoniy takomili, leksik-semantik tasnifi va tavsifi hamda kasb-hunarga doir lisoniy-madaniy birliklar, yangi kasb nomlari tahliliga doir xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2017-2019 yillarda bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP«RUECVET: Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana» nomli xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5279-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar ta’limi haqidagi ilmiy-metodik qarashlar kasb va hunar nomlariga doir lisoniy talqinlar bilan mazmunan boyitilgan;
kasb-hunarlarni ifodalovchi so‘zlarning leksik-semantik tasnifi, nominatsion-motivatsion, yasalish xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston jahon tillari universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida “Matn lingvistikasi”, “Kognitiv lingvistika” nomli o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash hamda o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5279-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘zlarning leksik-semantik tasnifi, nominatsion-motivatsion, yasalish xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy qarashlar boyitilgan;
kasb, hunar, kasb-hunar so‘zlari va bloger, bizneschi, dasturchi, diler, marketolog, paynetchi, tijoratchi, nanotexnolog, imijmeyker kabi yangi kasb-hunar nomlarining etimologiyasi, ma’nolari, sinonimlari, qo‘llanishi hamda yasalishiga oid ilmiy xulosalardan 2019-2020 yillarda O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 142-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning o‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlarining lisoniy xususiyatlarini o‘rganishlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.