Babajanov Farruxbek Karimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Daryo oqiziqlarining «daryo–kanal–ekin maydoni» tizimida taqsimoti hisobini takomillashtirish», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2156.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xamitxon, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Ismatillo Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: daryo oqiziqlarini gidromexanik va oqimning gidrodinamik parametrlarini inobatga olib «daryo-kanal-ekin maydoni» tizimida taqsimoti hisobini takomillashgan usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryo oqiziqlarining oqim uzunligi bo‘yicha taqsimotini hisoblash usuli ularni fraksion va kimyoviy tarkibining o‘zaro bog‘liqligini inobatga olib takomillashtirilgan;
daryo, kanal va tindirgichlarda oqim uzunligi bo‘yicha oqiziqlar taqsimotining gidravlik modeli oqimning tashuvchanlik qobiliyatini inobatga olib ishlab chiqilgan;
tindirgichlarning konstruktiv elementlarini hisoblash usuli oqiziqlarning gidromexanik va oqimning gidrodinamik parametrlarini inobatga olib takomillashtirilgan; 
daryo oqiziqlarining «daryo-kanal-ekin maydoni» tizimida taqsimoti oqiziqlarni fraksion tarkibini inobatga olib boshqarishning hisoblash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Daryo oqiziqlarini «daryo-kanal-ekin maydoni» tizimida taqsimoti hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
daryo oqiziqlarining oqim uzunligi bo‘yicha taqsimotini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Sirdaryo So‘x» irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasiga qarashli «So‘x-Oqtepa» irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 04/20-504-son ma’lumotnomasi). Natijada tindirgichlarda oqiziqlarni fraksiyalar bo‘yicha oqim uzunligidagi taqsimotini hisoblash imkoni yaratilgan;
daryo oqiziqlarini “daryo-kanal-ekin maydoni” tizimida fraksiyalar bo‘yicha taqsimotini boshqarishning hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Sirdaryo So‘x» irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasiga qarashli «Katta Farg‘ona magistral kanali» boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 04/20-504-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnik inshootlarni loyqa bosishdan himoyalash hamda mayda fraksiyali oqiziqlarini ekin dalalariga etib borishiga imkoniyat yaratilgan;
daryo, kanal va tindirgichlarda oqim uzunligi bo‘yicha oqiziqlar taqsimotini hisoblashda oqimning tashuvchanlik qobiliyatini inobatga olgan holda takomillashtirilib Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Sirdaryo So‘x» irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasiga qarashli Qo‘qon gidrouzeli bo‘limida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 04/20-504-son ma’lumotnomasi). Natijada tindirgichning samarali ishlash rejimi hamda tindirgichlarda tozalash ishlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samardorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish