Yigitalieva Zilola Muratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tilning modal strukturasi va modusning ifodalanishi», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3PhD/Fil938
Ilmiy rahbar: Xakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva Xulkar Xamidullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi modallik va modus hodisalarini farqlash, modus ifodalovchi vositalarni aniqlash, ifoda vositasiga ko‘ra tasniflash, modusning pragmatik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modallik va modus hodisalarining relyasion, semantik, vazifaviy kabi mohiyati, ularning muloqot jarayonidagi mazmuniy, funksional hamda pragmatik qamrovi aniqlangan; 
modusning modallik zaminida shakllanishi, leksik, prosodik va grammatik singari lisoniy hamda fonatsion va ekstralingvistik kabi nolisoniy ifoda vositalarining umumnazariy talqinlari xorijiy manbalar asosida dalillangan;
nutqda prosodik vositalardan intonatsiya, urg‘u, tembr, leksik vositalardan holat fe’llari, jargonlar, frazemalar, grammatik birliklardan modal so‘zlar, aktual bo‘laklar va ergash gapli qo‘shma gaplar bilan birga ekstralingvistik vositalardan esa mimika, jest va fonatsion vositalar, shuningdek, nutqiy aktlarda yuzaga keladigan yig‘i, kulgi, tabassum, sukut va xo‘rsinishlar ham modus ifodalovchi vositalar sifatida isbotlangan; 
so‘zlovchining tashqi olam, nutq predmeti va kommunikativ vaziyatga nisbatan munosabatida shaxs diniy e’tiqodi, u mansub bo‘lgan xalqning urf-odatlari, mentaliteti kabi lingvokul`turologik xususiyatlari aks etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilning modal strukturasi va modusning lingvistik hamda ekstralingvistik vositalar orqali ifodalanishini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
nutqda prosodik, leksik, grammatik birliklar bilan birga, mimika, jest va fonatsion vositalar, muloqot payti hosil bo‘ladigan yig‘i, kulgi, tabassum, xo‘rsinish, replikalar o‘rtasidagi to‘xtalishlar kabi ekstralingvistik vositalar ham modus ifodalash holatlariga oid ilmiy xulosalaridan A-1-099-raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” nomli amaliy loyiha grantida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3852–son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha hisobotlarining ilmiyligi va tushunarliligi ortgan;
modusda so‘zlovchining diniy e’tiqodi, o‘zi mansub bo‘lgan xalqning urf-odatlari, mentaliteti kabi lingvokul`turologik xususiyatlariga doir qarashlar va ishning nazariy xulosalaridan 2015-2017 yillarda Andijon davlat universitetida bajarilgan «A-1-126. Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari» nomli amaliy loyiha grantida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi  89-03-3852 – son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha hisobotlari uslubi qayta ko‘rib chiqilgan va nazariy jihatlari takomillashtirilgan;
ayol va erkaklar nutqida sub’ektiv munosabatning ifodalanish usullari, emotiv-ekspressiv va aksiologik moduslarning paralingvistik vositalar orqali ifodalanishiga doir dissertatsiya xulosalari va materiallaridan 2019-2020 yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 04-25-799-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish