Dehqonova Maxsuma Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oybekshunoslik va uning taraqqiyot bosqichlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil.954.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbarali G‘afurovich, filologiya fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori; Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Oybek hayoti, faoliyati, adabiy va ilmiy merosini o‘rganish borasidagi ishlarni tizimli ravishda yoritish, oybekshunoslikning taraqqiyot bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oybekshunoslikning sho‘ro va istiqlol davridagi taraqqiyot bosqichlari belgilangan, tanqidchilikda adib shaxsiyati, adabiy-estetik qarashlarining shakllanishida oilaviy muhiti va tarjimai holi bilan bog‘liq boshqa voqeliklarga qiyosiy usul va biografik yondashuv asosidagi talqinlari aniqlangan;
sho‘ro tuzumi davrida Oybek ijodidagi “tushkunlik”, “o‘tmishni ulug‘lash” deya baholangan she’rlari mustaqillik yillari adabiyotshunosligida nozik tuyg‘u-kechinmalar, yuksak badiiy-estetik namunalar sifatida haqqoniy bahosini olganligi asoslangan;
oybekshunoslikda adib nasriy va nazmiy asarlarining davriy nuqtai nazardan tanqidchilikdagi xolis va noxolis bahosi yoritilgan;
Oybek adabiy-tanqidiy maqolalari asosida ijodkorning o‘zbek adabiyoti badiiy-estetik tafakkuri taraqqiyotida munaqqid sifatidagi o‘rni asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oybekshunoslik va uning taraqqiyot bosqichlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
oybekshunoslikning sho‘ro va istiqlol davridagi taraqqiyot bosqichlari belgilangan, tanqidchilikda adib shaxsiyati, adabiy-estetik qarashlarining shakllanishida oilaviy muhiti va tarjimai holi bilan bog‘liq boshqa voqeliklarga qiyosiy usul va biografik yondashuv asosidagi talqinlarga doir tahlillardan A–1–099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4309-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Barkamol insonni tarbiyalash–davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning “Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri” nomli 3-bobi oybekshunoslikda adib shaxsiyati, adabiy-estetik qarashlari shakllanishida oilaviy muhitning o‘rni misollar yordamida asoslangan;
sho‘ro tuzumi davrida Oybek ijodidagi “tushkunlik”, “o‘tmishni ulug‘lash” deya baholangan she’rlari mustaqillik yillari adabiyotshunosligida nozik tuyg‘u-kechinmalar, yuksak badiiy-estetik namunalar sifatida haqqoniy bahosini olganligiga oid xulosalardan 574097 – ERR – 1 – 2016 - 1SY - EPPKA2 – CBHE - JP raqamli, “RUECVET: Pilotirovanie Evropeyskoy sistema perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana” (2016-2019 gg.) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4309-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oybek she’riyatining o‘rganilish bosqichlari misollar asosida yoritilishiga erishilgan.
Oybek adabiy-tanqidiy maqolalari asosida ijodkorning o‘zbek adabiyoti badiiy-estetik tafakkuri taraqqiyotida munaqqid sifatidagi o‘rni asoslab berishga oid tahlillardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Ming bir mavzu” ko‘rsatuvi hamda “Xayrli oqshom”, “Oila maktabi”, “Kun mavzusi” nomli eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 13 iyuldagi 12–01/53-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.