To‘raev Odiljon Bektemir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlar axborot-psixologik xavfsizligi tizimini rivojlantirish jarayonlari», 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/S78 .
Ilmiy rahbar: Latipova Nodira Muxtarjanovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlar axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning axborot-psixologik immunitetini ijtimoiy institutlar orqali shakllantirish uslubiyatini takomillashtirishda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy algoritmini mustahkamlash zaruriyati asoslab berilgan;
axborot vositasida qonunga xilof ravishda yoshlarga ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan hamda ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilishda ta’limni, madaniyat va san’atni, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish orqali yoshlarning ma’naviy-psixologik salohiyatini oshirib borish zaruriyati asoslab berilgan;
internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga oid me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash orqali yoshlar ongini egallashga qaratilgan zamonaviy axborot-psixologik texnologiyalar (trolling, kiberbulling, manipulyasiya, kashenizm, sotsial injeneriya hamda internet addiksiyasi)ga asoslangan tahdidlarga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy taomili takomillashtirilgan;
axborot-psixologik tahdidlar va virtual addiksiya ta’siriga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy portretini yaratish yuzasidan sotsiologik so‘rovnomaning g‘ayriijtimoiy turmush tarzi (suisidal, deviant, agressiv, kriminal, addiktiv) ko‘rinishlarini baholashga modifikatsiyalashtirilgan («Axborotli Men» obrazining shakllanish ehtimoli, psixologik nosog‘lom sindromlarning muvjudlik ehtimoli, submadaniy xulq ko‘rinishlarining rivojlanganlik darajasi) shakli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlar axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarning axborot-psixologik immunitetni ijtimoiy institutlar orqali rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5667-son Farmonining 2-bandi «a» va «g» qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil
22-fevraldagi 01-16/65-son ma’lumotnomasi). Bu oilada yoshlarning axborot-psixologik immunitetini ijtimoiy institutlar orqali oshirishga shart-sharoit yaratib, mazkur jarayonlar bilan bog‘liq holatlarni sotsiologik tadqiqotlar orqali o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirgan;
axborot vositasida qonunga xilof ravishda yoshlarga ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan hamda ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish yo‘nalishlarini takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 5-yo‘nalishi doirasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2021 yil 5-martdagi 11-2-894-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 550-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi «g» qismi 5-xatboshisini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 15 fevraldagi 2-094-23-364-son ma’lumotnomasi). Bu orqali axborot va axborot-psixologik xavfsizlik tizimini rivojlantirish hamda yosh avlodda zararli axborotlarga nisbatan immunitetni shakllantirish uchun yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkoni yaratilgan;
internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 18- va 36-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2021 yil 5-martdagi 11-2-894-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida Davlat dasturining yuqoridagi bandlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlashga imkoniyat yaratilgan;
axborot-psixologik tahdidlar va virtual addiksiya ta’siriga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy portretini yaratish yuzasidan sotsiologik so‘rovnomaning modifikatsiyalashtirilgan shakllarini qo‘llashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-sonli «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 5-bandi «g» qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 15 fevraldagi 2-094-23-364-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatda yoshlar muammolarini sotsiologik so‘rovlar orqali o‘rganishda ularning ijtimoiy portretini yaratishga qaratilgan modifikatsiyalashtirilgan tadqiqot so‘rovnomalaridan foydalanish imkonini bergan.