Eshbo‘riev Umarbek Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklifni rivojlantirishning samarali iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1034.
Ilmiy rahbari: Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xayitov Abdumannon Buxarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklifni muvofiqlashtirish iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarishning texnologik o‘lchamlariga mos ish joylarini tashkil etish jarayoni korxonada yangi jihozlar o‘rnatish va yangi texnologiyalarni joriy qilishni rejalashtirish hamda mehnat resurslarining kasb-malaka tuzilmasini unga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining mehnat bozoriga ta’sirini reyting baholash uslubi tarmoq yalpi ishlab chiqarish hajmi, iqtisodiy birliklar soni hamda ishsizlik darajasini tumanlar bo‘yicha o‘rtacha miqdoridan qiymat ko‘rsatkichlari oshishini ajratib olish asosida takomillashtirilgan;
hududiy mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko‘maklashish tadbirlarini moliyalashtirish xarajatlari tarkibining dinamik qatorlar darajasi o‘zgarishini eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlarini aniqlash mexanizmining chiziqli trend modeli taklif etilgan;
mehnat bozorida ish kuchiga talabni oshirishning iqtisodiy mexanizmi hududlarda investision faollikni oshirish, faol tarkibiy siyosatni takomillashtirish, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish choralarini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarishning texnologik o‘lchamlariga mos ish joylarini tashkil etish jarayoni korxonada yangi jihozlar o‘rnatish va yangi texnologiyalarni joriy qilishni rejalashtirish hamda mehnat resurslarining kasb-malaka tuzilmasini unga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda bandlik dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 6 martdagi 01/00-04/04-2703-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehnat bozorining ko‘lami va darajasiga ko‘ra, zamonaviy ish joylari va kasb-malaka tuzilmalari bo‘yicha ish kuchiga talab va taklifni muvofiqlashtirishning ilmiy yondashuvini asoslangan xulosalarni asoslash imkonini bergan;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining mehnat bozoriga ta’sirini reyting baholash uslubi tarmoq yalpi ishlab chiqarish hajmi, iqtisodiy birliklar soni hamda ishsizlik darajasini tumanlar bo‘yicha o‘rtacha miqdoridan qiymat ko‘rsatkichlari oshishini ajratib olish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda bandlik dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 6 martdagi 01/00-04/04-2703-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hudud ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining mehnat bozoriga ta’sirini tumanlar kesimda reyting baholashga muvofiq to‘plangan ballar asosida har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini aniq baholash imkonini bergan;
hududiy mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko‘maklashish tadbirlarini moliyalashtirish xarajatlari tarkibining dinamik qatorlar darajasi o‘zgarishini eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlarini aniqlash mexanizmining chiziqli trend modeli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ish bilan bandlikka ko‘maklashish tadbirlarini moliyalashtirish xarajatlarini prognoz qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 6 martdagi 01/00-04/04-2703-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish hududda aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi tadbirlarga moliyaviy sarflar tarkibida nofaol siyosatga sarflar ulushini yiliga o‘rtacha 3,0 %ga kamayishini aniqlash imkonini bergan;
mehnat bozorida ish kuchiga talabni oshirishning iqtisodiy mexanizmi hududlarda investision faollikni oshirish, faol tarkibiy siyosatni takomillashtirish, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish choralarini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda bandlik dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 6 martdagi 01/00-04/04-2703-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududiy mehnat bozorini tartibga solish bo‘yicha faol ish bilan bandlik tadbirlarini ishlab chiqishning asoslanganlik darajasini oshirish imkonini bergan.