Qo‘ziev Islomjon Ne’matovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik hisobotini tuzish va umumlashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt.3.

Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.

Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjabboy Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: auditorlik hisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

auditorlik hisobotlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni guruhlash, qayta ishlash va analitik ishlov berish hamda auditorlik faoliyatini tartibga solish pog‘onalarini shakllantirishning metodologik jihatlari ishlab chiqilgan;

auditorlik tekshiruvlarining muayayn izchillikda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tashqi auditni o‘tkazish bosqichlari va amallarining uzviy bog‘liqlikdagi ketma-ketligi moduli yaratilgan;

auditorlik hisoboti yuzasidan auditning xalqaro standartlariga asoslangan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish konsepsiyasi bo‘yicha takliflar asoslangan;

xalqaro standartlar asosida auditorlik tekshiruvlarining sifatini oshirish yuzasidan auditorlik hisobotlarining mukammal shakli ishlab chiqilgan;

maxsus topshiriqlar bo‘yicha auditorlik hisobotining tarkibi va uni tuzish ketma-ketligini belgilash konsepsiyasi bo‘yicha takliflar asoslab berilgan;

auditorlik tekshiruvlari natijalarini umumlashtirishda auditorlik xulosalari, ularning turlari, modifikatsiyalashgan shakllarini tuzish va uning tarkibini takomillashtirishga doir tizimli yondashuv taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Auditorlik hisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tashqi audit tomonidan auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladigan auditorlik hisoboti shaklini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 11 iyuldagi 02/15-2080-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligi tizimidagi 301 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida auditorlik tekshiruvlarining shartnomaviy narxlarini 30,1 mln. so‘mga kamaytirish imkoniyatini yaratgan;

auditorlik hisobotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2016 yil 27 iyundagi 84-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida har bir aksiyadorlik jamiyatining tashqi auditini amalga oshirish uchun auditor tomonidan sarflanadigan vaqt 2 kishi-soatga, jami 301 ta sub’ekt hisobiga 602 kishi-soat (yoki 9,03 mln. so‘m)ga tejalgan. Shuningdek, auditorlik tekshiruvlarining takomillashgan modulini qo‘llash natijasida auditor tomonidan ishni bajarish muddati o‘rtacha 1 kunga qisqarib,  tejalgan vaqt davomida xo‘jalik sub’ektlariga qo‘shimcha auditorlik xizmatini ko‘rsatish orqali 86 mln. so‘m hajmida mablag‘ ishlash imkoniyatini berdi;

maxsus savolni tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik hisobotining maqbullashtirilgan variantini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2016 yil 28 iyundagi 67-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi auditorlik tashkiloti tomonidan maxsus savollarni tekshirish va uning natijalari yuzasidan auditorlik hisobotini tuzishning soddalashtirilgan yagona tartibini ishlab chiqish imkoniyatini berdi;

auditorlik hisobotining tarkibi va uning tarkibiy qismlariga qo‘yilgan talablar, auditorlik xulosasining turlari, shuningdek modifikatsiyalangan fikr bildirilgan auditorlik xulosasini joriy qilish bo‘yicha auditning xalqaro standartlari asosida milliy standartlarni takomillashtirishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 7 fevraldagi MM 17-01-35/64-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i auditorlik tekshiruvlari sifatini yanada oshirish hamda auditorlik tashkilotlarining mas’uliyatlarini kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

auditorlik hisobotlarini shakl jihatdan birxillashtirish, auditorlik hisobotlari mazmuniga xorij hamda respublikamizdagi taniqli olimlarning qarashlari, auditorlik hisobotlarini shakllantirishning yaxlit tizim sifatidagi metodologik asoslarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlarida «Audit» fani darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi №32-071-son guvohnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish auditorlik tashkilotlarini davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qildi;

audit natijasi bo‘yicha tuziladigan auditorlik hisobotlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni guruhlash, qayta ishlash, analitik ishlov berish, maxsus topshiriqlar bo‘yicha auditorlik hisobotining umumiy ketma-ketligi va tarkibini belgilashning ilmiy-uslubiy asoslari, auditorlik hisobotini tuzish jarayonidagi risklar va ularni baholashning ta’sirini iqtisodiy-matematik modellar asosida hisoblash usullaridan foydalanish bo‘yicha takliflardan «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga intellektual kapital ta’sirining metodologik asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 9 fevraldagi F1-104-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan loyihada foydalanish mamlakatimizdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya xo‘jalik faoliyatini yaxshilash va iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini berdi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish