Abidova Shaxnoza Baxodirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turkiy tillar uchun elektron tarjimaning modellari va algoritmlari (o‘zbek tilidan qoraqalpoq tiliga tarjima misolida)», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2080.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Norov Abdisait Muradovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidan qoraqalpoq tiliga tarjimani amalga oshirishning modellari va algoritmlari, ikki tilli elektron lug‘at uchun ma’lumotlar bazasini qurish hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va qoraqalpoq tillarining mantiqiy lingvistik modellari asosida ularning elektron lug‘at ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarining leksik, morfologik-semantik bazasi asosida murakkab so‘z birikmalarini hamda sodda gap tuzilmasini hosil qilishning matematik modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘zbek va qoraqlpoq tillari uchun ikki tilli elektron lug‘at hamda elektron tarjimon uchun ma’lumotlar bazasi asosida so‘zlarni qidirish va matnlarning o‘zaro tarjimasini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida elektron tarjima algoritmlarining modulli tahlili asosida dasturlash jarayonlarining funksional modullari ishlab chiqilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillariga oid elektron tarjima algoritmlarini dasturlash jarayonlarining funksional modullari asosida dasturiy majmua tuzilmasi ishlab chiqilgan hamda foydalanuvchi interfeysi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida murakkab so‘zlarni yasash algoritmi va matematik modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot «Respekt» tarjimalar byurosida matnlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 33-8/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy ish faoliyatining foydali ish koeffisienti 90% ga oshishiga imkon berdi;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida sodda gaplarni tuzish algoritmi va matematik modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «FARMA PRINT NUKUS» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 19 fevralda¬gi 33-8/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy ish faoliyatining hajmini vaqtga nisbatan 1-2 barobar qisqartirishga imkon berdi;
o‘zbek tilida murakkab so‘zlarni hosil qilish algoritmi va matematik modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 19 fevraldagi 33-8/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy ish faoliyatida so‘zlarni qayta ishlash tezligining 50% ga oshishiga imkon berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish