Maksudova Laylo Masxutovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘zning ishqoriy kuyishida diagnostika, davolash, profilaktika va bashorat qilinishiga kompleks yondashuv», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib362
Ilmiy maslaxatchi: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: Tibbiyot  xodimlarining  kasbiy malakasini  rivojlantirish  markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar)  nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor;. Young  Kwang Chu  tibbiyot fanlari doktori  (Janubiy Koreya, Seul). Israilov Rajabboy Israilovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya)
II. Tadqiqotning maqsadi:   atsetillanish fenotipiga bog‘liq xolda, ko‘rish organi to‘qimalaridagi tiklanish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda tashxisot va boshqarish taktikasiga personallashgan yondashuvlarni takomillashtirish orqali ko‘zning ishqoriy kuyishi bilan kasallangan bemorlarning davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘zlarning ishqoriy kimyoviy kuyishida atsetillanish fenotipiga bog‘liq holda reparativ faollikning klinik-tajribaviy o‘ziga xos ko‘rinishlarini baxolash orqali patologik jarayon kechishining morfologik xususiyatlari  kabi patognomonik jihatlari isbotlangan;
bemorlarni olib borishga  personallashgan yondashuv maqsadida sekin va tez atsetillanish fenotipi aniqlangan hollarda, ko‘ruv a’zosining kimyoviy kuyishi yakunlarini va asoratlarini aniq bashoratlash, ya’ni  prognostik patogenetik mezonlariga tayangan holda, aniqlik kiritilgan;
ko‘z oldingi qismining turli bo‘limlaridagi destruksiya darajasining morfologik ko‘rinishiga va atsetillanish fenotipiga bog‘liq holda, kimyoviy kuyish fonida shox parda, ko‘z gavxari, sklera, ko‘zning qon tomirli qavati to‘qimalarining antigenlariga nisbatan antigenbog‘lovchi limfotsitlar ko‘rsatkichlarining diametral qarama - qarshi o‘zgarishlari aniqlangan;
ko‘zning ishqoriy kuyishidagi morfologik buzilishlar kollikvatsion destruksiya, shish va dastlabki bosqichlarda, tez atsetillanish fenotipida – biriktiruvchi to‘qimaning faol o‘sishi bilan, sekin atsetillanishda esa uzoqroq davom etuvchi degenerativ, trofik va destruktiv jarayonlar bilan kechuvchi ko‘zning oldingi qismining barcha tuzilmalarining dissotsiatsiyasi bilan xarakterlanishi aniqlangan;
ko‘zning ishqoriy kuyishida, tez atsetilyatorlarda shikastlanish jarayonning faolroq boshlanishi, ammo keyinchalik jaroxatni tezkor bitishi va/yoki dag‘al chandiqli asoratlarning (bel`mo, simblefaron) shakllanishi aniqlangan;
sekin atsetilyatorlarda kuyish jaroxatlanishining sustroq kechuvchi boshlang‘ich bosqichida jarayon davomli qaytalanuvchi xarakterga ega ekanligi, ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilishi bilan kechki asoratlar rivojlanish ehtimoli oshishiga olib kelishi aniqlangan (uveitlar, keratouveitlar, kon’yunktivitlar va x.k.);
tez atsetillanishda ko‘rish organi funksiyasini va ko‘z ichi bosimini tiklanish jarayoni kuyishdan keyingi dastlabki bosqichlarda tezroq va samaraliroq davom etishi, sekin atsetillanish fenotipida esa, gipotenziyaga moyil bo‘lgan holda a’zo funksiyasini sezilarli bo‘lmagan darajada tiklanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot  natijalarining  joriy qilinishi:
Ko‘zlarning kimyoviy kuyishi bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ko‘zlarning ishqoriy kimyoviy kuyishida atsetillanish fenotipi ilk bor  o‘rganilgan va izlanishlar natijalari asosida “Ko‘ruv a’zosining kimyoviy kuyishi mavjud bemorlarda tashxislash, olib borish va davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/326-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalarni qo‘llash, ko‘zning kimyoviy kuyishi bilan kasallangan bemorlarda tashxisot va davolash sifatini oshirishga imkonini bergan;
ko‘ruv a’zosining kimyoviy kuyishi yakunlarini va asoratlarini aniq bashoratlash, ya’ni  prognostik patogenetik mezonlariga tayangan holda, “Ko‘zlarning kimyoviy kuyishi mavjud bemorlarni olib borish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/326-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan algoritmni qo‘llash, bemorlarda erta va kech muddatdagi asoratlar chastotasini qisqartirishga hamda xayot sifatini yaxshilashga imkonini bergan;
muqobil variantlarning tizimli morfologik tahlilidan foydalanish bemorlarni olib borish taktikasini tanlash asosida ishlab chiqilgan “Ko‘zlarning kimyoviy kuyishi bilan kasallangan bemorlarni olib borishning muqobil variantlarini kompleks tizimli tahlili” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 8n-r/294-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan majmuani qo‘llash, davolash taktikasining maqbul turini bashorat qilish va ko‘rsatiladigan oftal`mologik yordam sifatini yaxshilashga imkonini bergan;
sekin va tez atsetillanish fenotipi aniqlangan hollarda, ko‘ruv a’zosining kimyoviy kuyishi yakunlarini va asoratlarini aniq bashoratlash, ya’ni  prognostik patogenetik mezonlariga tayangan holda, aniqlik kiritish maqsadida ishlab chiqilgan “Ko‘zlarning kimyoviy kuyishi bilan kasallangan bemorlarni olib borishda individuallashtirilgan yondashuv samaradorligini klinik-iqtisodiy jihatdan asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 8n-r/298-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan individuallashtirilgan yondashuvni qo‘llash, ko‘zlarning kimyoviy kuyishi bilan kasallangan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish moliyaviy xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan;
ko‘zning kimyoviy kuyishi bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Navoiy viloyat oftal`mologiya shifoxonasi, Sirdaryo viloyat shifoxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika oftal`mologiya shifoxonasi faoliyatiga, shuningdek, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi o‘quv dasturiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 maydagi 8n-z/104-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini klinik amaliyotda qo‘llash, ko‘zning kuyishi bilan kasallangan bemorlarni olib borishning terapevtik va tashxisot taktikasini maqbullashtirishga imkon bergan, ularni reabilitatsiya qilish uchun manba va moliyaviy xarajatlarni kamayishini ta’minlagan, shikastlanish asoratlari chastotasini kamaytirish orqali oftal`mologik yordam sifatini yaxshilagan, ko‘ruv a’zosi funksiyasining erta tiklanishi hisobiga bemorlarni shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish