Nazirova Zulfiya Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Refrakter glaukomali bolalarda patogenezga asoslangan xirurgik davolash», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib338.
Ilmiy maslahatchi: Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01. 2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori;Alekseev Igor` Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik S.N.Fedorov nomidagi “Ko‘z mikroxirurgiya markazi” Orenburg filiali (Orenburg, Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: refrakter glaukomali bolalarda patogenezga asoslangan xirurgik davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor birlamchi tug‘ma glaukomali bolalarda shox parda diametrini masofadan o‘lchash uchun ishlab chiqilgan maxsus moslama "ko‘zoynaklar"dan foydalanish an’anaviy maktab chizg‘ichi va jarrohlik sirkulidan samaradorli ekanligi isbotlangan;
ilk bor respublikada bolalarda refrakter glaukomani jarrohlik yo‘li bilan davolashda biologik parchalanadigan GLAUTEKS drenajini qo‘llash taklif etildi va klinik amaliyotga tadbiq etildi, bu esa o‘z navbatida ko‘z ichki suyuqligini aylanishi uchun yangi yaratilgan yo‘llarning chandiqli obliteratsiyasini oldini olishi bilan an’anaviy usuldan ustunligi isbotlangan;
birlamchi tug‘ma glaukomali bolalarda kasallik kechishi va asoratlari rivojlanishi istiqboli immun tizim sitokinlari (TNFα, IL-10) miqdori ko‘rsatkichlari o‘zgarishlariga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda refrakter glaukoma rivojlanishi patogenezi, takroriy operatsiyalar ehtimoli va jarroxlik amaliyotidan keyin haddan tashqari chandiq rivojlanishi TNFα (308G/A) va IL-10 (C-819T, G-1082A) genlari polimorfizmlari uchrashi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor birlamchi tug‘ma glaukoma bilan kasallangan bolalarda TNFα genining G/A (308G/A) geterozigot genotipi aniqlanganda, jarrohlik usulining GLAUTEKS drenaji bilan antiglaukomatoz operatsiyasi amalga oshirilishi lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Refrakter glaukomali bolalarda patogenezg aasoslangan xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda biologik parchalanadigan Glauteks drenajdan foydalangan jarrohlik davolash usuli asosida ishlab chiqilgan «Tug‘ma glaukomali bolalarni biologik parchalanadigan Glauteks drenajdan foydalangan jarrohlik davolash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-d/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma refrakter glaukomali bolalarda Glauteks drenajidan foydalangan holda jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli takroriy operatsiyalar darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;
tug‘ma glaukomali bolalarni tashxislash asosida ishlab chiqilgan «Tug‘ma glaukomaga shubha qilingan bolalarni tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-d/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Tug‘ma glaukomaga shubha qilingan bolalarni erta tashxislash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi v kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
refrakter glaukomali bolalarni olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan usul asosida «Refrakter glaukomali bolalarni olib borishda differensial yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-d/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma refrakter glaukomali bolalarni o‘z vaqtida aniqlash xamda davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va qaytalanishini oldini olishga xizmat qilgan;
refrakte glaukomali bolalarda patogenezga asoslangan xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Buxoro viloyati oftal`mologik shifoxonasi, Farg‘ona viloyati ko‘ptarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi klinik amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 maydagi 8n-z/102-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar refrakter glaukomali bolalarda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga xamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikk aerishishga imkon yaratgan.