Jumaev Sarvar Yusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bulgan bemorlarda tarQalgan parodontitini kompleks davolashni takomillashtirish.” 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1232.
Ilmiy raxbarlar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari dokori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Avetikov David Solomonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyorov nomidagi Kozok milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOO‘K kasalligida STPni kompleks davolashni takomillashtirish bo‘ytcha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bo‘lgan bemorlarda parodontdagi yallig‘lanish va destruktiv kasalliklarning og‘irligi bilan komorbid holati o‘rtasida korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;
azot oksidi metabolitlari, antioksidant omillar va bemorning jismoniy va emotsional holati o‘rta va og‘ir darajadagi SOO‘K rivojlanishining dastlabki belgilari sifatida aniqlangan.
parodontdagi surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishida, bazis davoning qo‘llanilishidan kelib chiqqan nafas olish etishmovchiligi, gipoksiya, mahalliy qon aylanish tizimi buzilishi kabi salbiy ta’sirlarning epitelial hujayralar sonining ko‘payishiga, tish milki birikmasining buzilishiga va mikrob hujayralari bilan ifloslanishining kuchayshiga olib kelishi aniqlangan;
tizimli immunitet va maxalliy ximoya omillarining surunkali tarqalgan parodontit bilan turli xil darajadagi SOO‘Kning patogenezida T-limfotsitlarning nisbiy tarkibi 32,5 1,11 ga oshib, JgM, JgG va JgA ning maksimal miqdori mos ravishda 21,8 0,10; 0,31 0,10 va 0,50 0,11 pasayib borishi tendensiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bulgan bemorlarda tarqalgan parodontitini kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
SOO‘K III-IV darajali bemorlarda immun tizim ko‘rsatkichlarida sog‘lom kishilarning ko‘rsatkichiga nisbatan T- limfotsitlarning nisbiy soni kamayganligi, immunoregulyator hujayralar soni og‘irlik darajasiga mos ravishda V- limfotsitlar sonining nisbiy ko‘rsatkichlari SOO‘K III-IV darajalarga mos pasayganligi asosida ishlab chiqilgan «Surunkali parodontitni komorbid xolatlarda bosqichli tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/365-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida o‘pka gipertenziyasi kelib chiqishini asosida oldini olish usullarini takomillashtirish va davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
olib borilgan davodan so‘ng yallig‘lanish jarayonlarining mahalliy va tizimli ravishda kamayganligi, qon kislorod bilan to‘yinganligi, jismoniy yuklamaga tolerantlikni ortishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi asosida ishlab chiqilgan «Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi komorbid holati asoratlarini erta tashxislash va davolashning samarali usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/427-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi komorbid holatida STP bilan og‘rigan bemorlarda immun tizim, endoteliy disfunksiyasi holati va o‘pkaning ventilyasion-perfuzion holatini optimal o‘rganish asosida, kasallik asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida surunkali parodontit komorbid xolatini bosqichli tashxislash va oldini olish usullarini takomillashtirish va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari Samarqand viloyati markaziy tibbiyot birlashmasi va Samarqand shahar 1 va 3-son oilaviy poliklinikasi hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand shahar 1-son oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/225-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga tatbiq etilishi hisobiga SOO‘Kda uchraydigan o‘pka gipertenziyasini tashxislash sifatini yaxshilash, endoteliy disfunksiyasi, kardiorespirator buzilishlarni oldini olish va kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.