Muxanov Shavkat Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Individuallashtirilgan LASIK qo‘llash yordamida refraksion ambliopiya kompleks davosining klinik-funksional natijalari», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1080.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Chuprov Aleksandr Dmitrievich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bilalov Erkin Nazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: akademik S. N. Fedorov nomidagi MNTK «Mikroxirurgiya glaza» Cheboksar filiali (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi. Gipermetropik refraksiya fonida refraksion ambliopiyani individuallashtirilgan LASIK amaliyoti qo‘llash orqali kompleks davo samaradorligini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor katta klinik manbada gipermetropik refraksiya fonidagi refraksion ambliopiyali katta yoshdagi bemor ko‘zlarining optik aberratsiya turlari aniqlangan;
ilk bor refraksion ambliopiyali katta yoshdagi bemorlarda gipermetropik refraksiya korreksiyasida aberrometrik parametrlar nuqtai-nazaridan standart va individuallashtirilgan LASIK usullarining samaradorligi isbotlangan;
ilk bor gipermetropik refraksiya fonidagi refrakterli refraksion ambliopiyali katta yoshdagi bemorlarning kompleks davosida (individuallashtirilgan LASIK, video-kompyuterli autotrening va neyrotrop preparati) klinik va elektrofiziologik parametrlari aniqlangan;
ilk bor gipermetropik refraksiya fonidagi refraksion ambliopiyali katta yoshdagi bemorlarni eksimerlazer amaliyotining maqbul usulini tanlashni va kompleks davolashni oldindan belgilab beruvchi yuqori tartibdagi aberratsiya shakllari va ko‘rish o‘tkirligi ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Refraksion ambliopiyani individuallashtirilgan LASIK qo‘llash yordamida kompleks davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
individuallashtirilgan LASIK dan foydalangan holda refraksion ambliopiyani davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Individuallashtirilgan LASIK dan foydalangan holda refraksion ambliopiyani davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabr`dagi 8n-d/255-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipermetropik refraksiya fonidagi refraksion ambliopiyani tashhisotini takomillashtirishga va davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan;
katta yoshdagi refraksion ambliopiyali bemorlarni davolashda kompleks yondashuv bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Katta yoshdagi refraksion ambliopiyali bemorlarni davolashda kompleks yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabr`dagi 8n-d/255-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipermetropik refraksiya fonidagi refrakterli refraksion ambliopiyali bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan.
Refraksion ambliopiyani tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlarning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etildi. Natijada refraksion ambliopiyani davolash samaradorligini 40%ga oshirdi va iqtisodiy xarajatlarni 2 baravar kamaytirdi, bu esa o‘z navbatida nogironlik va ko‘rish qobiliyati pasayishini 30% ga kamaytirishga imkon bergan.