Shaumarov Azizxon Zavkievichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun bo‘shlig‘ining qo‘shma kasalliklari xirurgik amaliyotida gemostatik vositalarni qo‘llash», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib850.
Ilmiy rahbar: Shayxova Xolida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Merkulova Elena Pavlovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belarus Respublikasi); Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon vrachlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Gemogubka”dan foydalangan holda endonazal qo‘shma jarrohlik amaliyotlari samaradorligini oshirish va amaliyotdan keyingi davrda asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor burun to‘sig‘i qiyshayishining turiga xos atrof anatomik tuzilmalarida o‘zgarishlarning rivojlanishi, burun bo‘shlig‘ida funksional holatining o‘zgarishlari burun to‘sig‘ining 3-4 va aralash turlari bilan atrof to‘qimalarning qo‘shma patologik holatlarida; mukotsiliar transport – 29,1 daq, ph-7,36, so‘rish faoliyati - 78,2, ajratish faoliyati - 49,3 mlgr, rinomanometriya – uho – 295, uq – 0,61 ko‘rsatkichlari aniqlangan;
burun bo‘shlig‘ining qo‘shma kasalliklari mavjud bemorlarda foydalangan kollagen “Gemogubka”ni qo‘llashning laborator taxlillar asosida periferik qon reologiyasni o‘zgartirmasligi isbotlangan;
ilk bor burun bo‘shlig‘ining shilliq qavatida gemostatik vositaning qo‘llash samaradorligini qiyosiy klinik-sitologik va morflogik tavsiflari aniqlangan;
burun bo‘shlig‘idagi qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida burun bo‘shlig‘ining dokali tamponadasi o‘rniga gemostatik vositadan foydalanish, bemorlarda operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlar hajmi, shilliq pardaning kuchli trofik o‘zgarishlari va og‘riqlarni kamayishi hisobiga davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burun bo‘shlig‘i qo‘shma kasalliklarida qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida gemostatik vositalarni qo‘llashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burun bo‘shlig‘i jarrohlik amaliyotlarida klinik samara bergan va ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Klinicheskaya effektivnost` gemostaticheskix sredstv pri odnomomentnix operativnix vmeshatel`stvax v polosti nosa» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 03 iyuldagi 8n-r/214-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma burun bo‘shlig‘i qo‘shma kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida gemostatik vositalarni qo‘llash orqali, bemorlarning xastalik tufayli asoratlari va nogironlikning oldini olish imkonini bergan;
burun bo‘shlig‘i qo‘shma kasalliklari jarroxlik amaliyotlarda ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan va asoratlarni oldini olish maqsadida qollanilgan «Osobennosti sochetannix vmeshatel`stv u bol`nix s iskrivleniem nosovoy peregorodki i vazomotornim rinitom» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 03 iyuldagi 8n-r/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma burun bo‘shlig‘ida qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida gemostatik vositalarni qo‘llash orqali sitologik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yuqori samaradorligini oshirish imkonini bergan;
burun bo‘shlig‘i qo‘shma kasalliklarida qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida gemostatik vositalarni qo‘llashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, InViVo va ProfMedService shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/218–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi burun bo‘shlig‘i qo‘shma kasalliklarida qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida gemostatik vositalarni qo‘llashni samaradorligini oshirish, bemorlarning burun orqali erkin nafas olishini yaxshilash, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini 38%ga yaxshilash, ijobiy jarrohlik samaradorligini oshirish imkonini bergan.