Raximov Firuz Fazlidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy organik polimerlar olish texnologiyasi va ularni gidrofobizator sifatida qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1058.
Ilmiy rahbar: Axmedov Vohid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida yangi kremniy-organik (oligo)polimerlar sintez qilish va ularni qurilishda gidro-fobizator sifatida qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VEMB, GIPAN, mochevina formaldegidlarni kremniy organik birikmalar bilan turli nisbatlarda choklanish sharoitlari tadqiq qilingan, yuqori qovushqoqlikka ega kompozisiyalar olingan;
olingan polimerlar asosida ko‘p bosqichli gidrofob funksiyali yangi kompozisiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular qurilish materiallarini davlat standarti (GOST 12730.2-78) bo‘yicha namlikka qarshi materiallar guruhiga aylantirish imkoni isbotlangan;
olingan polimerlar asosida namdan himoya qiluvchi gidrofob kompozisiyalar yaratilgan va butun hajm bo‘ylab usuli asosida gidrofoblashning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan polimerlar asosida yangi suyuq gidrofob tarkiblar yaratilgan va bu tarkiblarning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
dastlabki va oraliq o‘tish holatidagi moddalarning hususiyatlari kvant-kimyoviy va ularning molekulasidagi elektron zichligi va zaryad taqsimotlari aniqlangan, kompozisiya tarkibi uchun matematik echim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kremniy organik polimerlar olish texnologiyasi va ularni gidrofobizator sifatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish materiallarini namdan samarali himoya qiluvchi materialning yangi tarkibi “Semirango stroy servis” MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilish-materiallari» uyushmasining 2020 yil 29 sentyabrdagi 05/15-3065-son ma’lumotnomasi). Natijada, beton va keramika maxsulotlarini namga chidamliligini 50–60 barobargacha oshirish imkonini bergan;
olingan polimerlarning 1/20 nisbatdagi ishchi aralashmasi «201-son XKMK» MChJda qurilish materiallarini nam va sho‘rdan samarali himoya qiluvchi kompozisiya sifatida amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 29 sentyabrdagi 05/15-3065-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish materiallari va binolarni nam va sho‘rlanishning agressiv ta’siridan samarali himoyalovchi gidrofobizatorlar ishlab chiqarish imkonini bergan.