Obeyd Mustafa Abdul Raxmanning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta yosh toifasidagi o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyotini imkoniyatlari», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1603.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xababula Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turaev Feruz Fatxullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.M.Amosova nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi milliy instituti, Ukraina.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta yosh toifasida o‘tkir koronar sindrom kuzatilgan bemorlarda aorto-koronar shuntlash natijalarini jarrohlik revaskulyarizatsiya taktikasini optimallashtirish yo‘li bilan yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta katta yoshdagi o‘tkir koronar sindromi kuzatilgan bemorlarda ishlab turgan yurakni ko‘p tomirli koronar shuntlashning maqbul jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan;
katta yoshdagi bemorlarda ishlab turgan yurakni ko‘p tomirli koronar shuntlashda tashrih davrida va erta tashrihdan keyingi asoratlar xavf prediktorlar mul`tiomilli tahlili asosida asoratlar rivojlanish xavfi hisobi bilan koronar arteriyani ketma-ketlikda shuntlash taktikasi tavsiya qilingan;
aritmiya miqdori va nevrologik asoratlarni kamaytirish, kasalxona va jonlantirish bo‘limlarida bemorlarning bo‘lish muddatlarini qisqartirish, transfuzion terapiyaga ehtiyojlarini kamaytirish hisobi bilan katta yoshdagi o‘tkir koronar sindromi kuzatilgan bemorlarni jarrohlik bilan davolash natijalarini yaxshilash natijasi koronar arteriyani shuntlash imkoniyati ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Katta yosh toifasidagi o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyotini imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Katta yoshdagi bemorlarda ishlab turgan yurakda koronar shuntlash amaliyotining xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/277-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma katta yosh toifasidagi o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyotini qo‘llash orqali, kasallikni davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Katta yosh toifasidagi o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyotini imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm va Namangan viloyatlari filiallari shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 8n-z/72-son ma’lumotnomasi).
Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi katta yosh toifasidagi o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyotini qo‘lash orqali davolash sifatini yaxshilash, shuningdek, jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni kamaytirish, yurakka jarrohlik revaskulyarizatsiyasi operatsiyadan keyingi davrida o‘limga olib keluvchi asoratlarning kamayishi, bemorlarini jarrohlik usulida davolash jarrohlik aralashuv invazivligining kamaytirish va bemorlarni kasalxonada bo‘lish davomiyligini kamaytirish imkonini bergan.