Aripdjanova Al`fiya Ravil`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kreativ salohiyatini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped1.
Ilmiy rahbar: Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorova Saodat, pedagogika fanlari doktori; Yuldashev Maqsud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagogik tarkibining kreativ salohiyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini rivojlantirishning reproduktiv darajasining motivatsion, hissiy-emotsional, kommunikativ va produktiv darajasining altruistik, analitik, konstruktiv va innovatsion komponentlari o‘z-o‘zini baholash va individual rivojlantiruvchi auto-psixologik treninglar majmuini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini adekvat baholash metodikasining informatsion dunyoqarash, informatsion yo‘nalganlik va yangi axborotlarni o‘zlashtirishga tayyorgarlik komponentlari faktorli tahlil hamda statistik ahamiyatini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini shakllantirishning fanlararo modulli tizimi refleksiv va virtual ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini shakllantirishda mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish va tajribani tahlil qilish orqali harakatlar dasturini yaratishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagoglari tarkibining kreativ salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagoglarda kreativ salohiyatni shakllantirishga doir innovatsion, informatsion va kommunikativ kompetensiyalar tizimi bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son buyrug‘i mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 87-03-1239-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar tizimi pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida o‘quv rejalariga «Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari» moduli kiritilgan OO‘MTVning 2015 yil 21 avgustdagi 303-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 87-03-1239-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlarning kreativlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.