Sharipov Daler Kuchkarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat hududlarida atmosferaning ifloslanishini monitoring qilish va bashoratlash tizimi modellari va algoritmlari», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T8.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat hududlarining ekologik holatini tahlil etish, monitoring qilish va prognozlash hamda atmosferada zararli moddalarning tarqalishini hisobga olgan holda sanoat ob’ektlarini optimal joylashtirish uchun aniq matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmuani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er atmosferasi chegaraviy qatlamida zararli moddalar tarqalishi jarayonining matematik modeli doirasida yangi: zararli moddalarning atmosferada mavsumiy va sutkali siklda yutilishi, havo oqimi va uning pastki chegaraviy sirti orasida deflyasiya zarralari bilan almashinuvi va joy orografiyasi omillari kiritilib takomillashtirilgan;
jarayonning matematik modeli iqlimga oid aniq ma’lumotlardan foydalanish, shamol tezligi va turbulent almashinuv koeffisientlarining balandlikka qarab o‘zgarishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
zararli moddalarning atmosferada tarqalishi jarayonini qaralayotgan hudud uchun ruxsat etilgan yuqori konsentratsiyalari bilan bog‘liq tarzda tavsiflovchi to‘g‘ri va teskari masalalarni echish, yangi sanoat korxonalarini ekologik jihatdan optimal o‘rnini aniqlash imkonini beruvchi samarali sonli algoritmlar ishlab chiqilgan;
zararli moddalarning atmosferada tarqalishi jarayonining shamol tezligi va yo‘nalishi, ularning sutka davomida o‘zgarishi, turbulent almashinuv koeffisientining balandlikka qarab, havo oqimi va pastki chegara orasidagi zararli moddalar bilan almashinuv koeffisienti o‘zgarishi bilan bog‘liq xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Atmosferada zararli moddalarning tarqalishi bo‘yicha yaratilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy majmualar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat regioni ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash maqsadida yaratilgan modellar, sonli algoritmlar va dasturiy komplekslari Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Samarqand va Jizzax viloyatlari qo‘mitasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 2 iyundagi 24-8/3401-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari sanoatli hududlarning ekologik holatini oldindan aniqlash va ogohlantirish hisobidan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
shamollar yo‘nalishi vaqt bo‘yicha o‘zgarishini, zararli moddalarning eng oxirgi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi va hudud orografiyasini hisobga olgan holda sanoat joylashgan erlarning ekologik holatini bashoratlash bo‘yicha dasturiy mahsullar Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq va Chirchiq shaharlarining tabiatni muhofaza qilish nazorat bo‘limlarida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 2 iyundagi 24-8/3401-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha Oxangaron vodiysida yashaydigan aholiga sanoat korxonalarning ta’siri va yangi qo‘riladigan korxonalarni optimal joylashtirish hisobidan, ekologik ta’siri kamaytirishni ta’minlaydi.